Rossiyadan O‘zbekistonga ketayotgan yuk mashinasida salkam 2 mingta jinoiy ish hujjati topildi, ularni Boshqirdiston politsiyasi 7 ming rublga makulaturaga topshirib yuborgan.
“Baza” Telegram kanalida xabar qilinishicha, presslangan jinoiy ish materiallari Orenburg viloyatidagi “Sagarchin” chegara postida traktor tirkamasida topilgan. Dastlab bu hujjatlar yuk mashinasida qanday paydo bo‘lib qolgani tushunarsiz bo‘lgan. Tergov-surishtiruv davomida aniqlanishicha, presslangan qog‘ozlarni makulatura yig‘uvchi kompaniya qayta ishlash uchun O‘zbekistonga jo‘natgan.
Tirkamada 1956 ta jinoiy ish bo‘lib, ularning uchdan bir qismi yo‘q qilingan deb, qolganlari arxivga topshirilgan deb topilgan. Ularning barchasi da’vo muddati o‘tganligi sababli tugatilgan. Hujjatlarni ikki nafar politsiya xodimi makulaturaga topshirgan. Buning uchun ular 7 ming rubldan ko‘proq pul olgan va o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Izoh (0)