O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan yana bir bor ogohlantirdi.
Elchixona O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish)ga ko‘ra, chet davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishini keltirib o‘tdi. Ushbu jinoyatni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzida amalga oshiriladi.
Elchixona O‘zbekiston fuqarolarini Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lingan taqdirda, barcha shaxslar hech qanday istisnolarsiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.
Elchixona, shuningdek, fuqarolarni provokatsiyalarga berilmaslikka va oldindan o‘ylab ish ko‘rishga chaqirdi.
Mavzuga doir:
- “Urush shamoli deyarli har bir rossiyalikning xonadoniga kirib borishiga ko‘p qolmadi”. Putinning qisman safarbarlik haqidagi farmonini o‘zbek jamoatchiligi qanday qabul qildi?
- “Bizning o‘zbek musulmon vatandoshlarimiz rus qo‘shinlari safida jang qilishi nafaqat jinoyat, balki shar’an harom amal” — Mubashshir Ahmad
- Bosh prokuratura Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni harbiy harakatlarga qo‘shilmaslikka chaqirdi
Izoh (0)