2022-yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7 million dollarga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna olma eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,1 ming tonnaga oshgan.
8 oyda O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston – 12,6 ming tonna;
- Rossiya – 3,9 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,3 ming tonna;
- Turkmaniston – 163 tonna.
Izoh (0)