Lionel Messining 2020-yilda “Barselona” bilan muzokaralari vaqtida qo‘ygan shartlari tafsiloti ma’lum bo‘ldi.
Argentinalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar”dan 2020-yilda shartnoma imzolaganlik uchun 10 million yevro bonus, pandemiya davrida maoshlar qisqargani uchun kompensatsiya va tovon pulini 10 ming yevro bo‘lishini so‘ragan.
El Mundo nashrining xabariga ko‘ra, bu Messi qo‘ygan talablarning hammasi emas. Hujumchi, shuningdek, o‘z oilasi va Luis Suaresning oilasi uchun “Kamp Nou”dan shaxsiy loja va Rojdestvo arafasida oilasi bilan Argentinaga uchishi uchun charter reys talab qilgan.
O‘sha vaqtdagi “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu Leoning talablarini qabul qilgan, biroq 700 millionlik tovon pulini 10 ming yevroga tushirish talabini bajarmagan. Shuningdek, klub moliyaviy ahvoli yaxshilangandan so‘ng 10 million yevro bonus pulini to‘lab berishini va’da qilgan.
Xuddi shu kelishmovchiliklar tufayli tomonlar muzokarani davom ettirolmagan va Messi o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ragan.
Lionel Messi 2021-yil avgust oyida “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etdi va Fransiyaning “PSJ” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U “ko‘k-anorranglilar” safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol va 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izoh (0)