Germaniya terma jamoasi a’zolari Manuel Noyer va Leon Goretskada koronavirus aniqlandi. Bu haqida Germaniya futbol uyushmasi rasmiy sayti ma’lum qildi.
“Bavariya” klubi futbolchilarining test natijalari ijobiy chiqdi va hozirda ular izolyatsiyaga olindi. Noyer va Goretska terma jamoa ba’zasini tark etadi.
Germaniya Noyerning o‘rniga “Hoffenhaym” posboni Oliver Baumanni terma jamoaga chaqirdi.
Nemislar 23-sentabr kuni Millatlar Ligasi doirasida Vengriya bilan bahs olib borsa, 26-sentabr kuni Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)