Fabio Kannavaro murabbiylik faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi “Benevento” bosh murabbiyiga aylandi.
Kannavaroning so‘nggi ish joyi Xitoy terma jamoasida bo‘lgan. Mutaxassis 2019-yilda Xitoy bosh murabbiyiga aylangandi. 49 yoshli murabbiy Italiyada ilk bor ish boshladi.
Italiya B Seriyasining ortda qolgan 6 turidan so‘ng “Benevento” 7 ochko bilan 13-o‘rinni band etib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)