• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda ijara narxlari qancha?

    Toshkent shahri tumanlaridagi ko‘p qavatli uylarda ijara narxlari qanday ekani tahlil qilindi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Urbanizatsiya sur’ati yuqori bo‘lgan hozirgi davrda xonadonlar uchun ijara narxlari masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etib boraveradi.

    Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Shveysariyada ijarada yashovchi oilalar ulushi 68 foizni, Germaniyada 64 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Xitoyda 14 foizga, Rossiyada esa 11 foizga teng.

    Hozir rivojlangan davlatlar aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida ijarachilarning huquqlarini himoya qiladi, shartnoma muddati davomida ijara narxlari o‘zgarmasligini ta’minlaydi.

    Masalan, Buyuk Britaniyada ijara bilan bog‘liq belgilangan to‘lovlardan tashqari har qanday komissiya olish taqiqlangan, AQSHda ipoteka krediti hisobiga uy olgan shaxslar daromad solig‘ini to‘lashda imtiyozga ega.

     

    The Economist nashrining ma’lum qilishicha, uyga egalik qilish ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, uy bozorida narxlar shunchalik o‘zgaruvchan bo‘ladi.

    Masalan, Shveysariyada uyga egalik qiluvchilar ulushi 3 foiz, Buyuk Britaniyada 60 foiz atrofida. Shunga mos ravishda Shveysariyada uy narxlari 1970-yildan 2019-yilgacha 70 foizga, Buyuk Britaniyada esa 346 foizga oshgan.

    Bundan tashqari, ijarada turish ko‘rsatkichining oshishi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ham ta’sir etadi. Masalan, AQSHda uyga egalik qilish ko‘rsatkichi oshgani sayin ishsizlik darajasi ham oshgan.

    Bu bir tomondan odamlarda boshqa joyga ko‘chish xohishi yo‘qolishi, ikkinchi tomondan esa ish o‘rinlari mavjud joylarga ko‘chib o‘tish qimmatlashishi bilan bo‘g‘liq.

    O‘zbekistonda vaziyat qanday?

    Tahlil natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylardagi ijara narxi o‘rtacha 339 dollarga teng. Ijara narxlari bo‘yicha eng past narx Sergeli va Olmazor tumanlarida, eng baland narx esa Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etildi.

    Foto: PMTI

    Foto: PMTI

    Ijara biznesining daromadliligi Toshkent shahri uchun 10 foizni tashkil etadi. Qiyoslansa, bu raqam Ruminiyada 6 foizni, Polshada 5 foizni, Germaniyada 3 foizni, Turkiyada esa 2 foizni tashkil etadi.

    Hozir Toshkentda ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad o‘rtacha bank valyuta omonatlari tushumidan (3,4 foiz) uch baravar ko‘proq. Bu hozirgi kunda Toshkent shahrida jamg‘armalarni ko‘chmas mulkka sarflash va uni ijraga berish omonat ko‘rinishida saqlashdan ko‘ra foydaliroq ekanini ko‘rsatadi.

    Xonadon va ijara narxi nisbati ko‘rsatkichi Toshkent uchun 10 yilni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Turkiyada 52 yilga, Germaniyada 34 yilga, Polshada 18 yilga, Ruminiyada 17 yilga teng.

    Toshkentda shaxsiy uyga egalik qilish ijarada turishga qaraganda arzonroq. Bu esa tabiiy ravishda odamlarda ijrada turishdan ko‘ra o‘z uyiga ega bo‘lish istagini kuchaytiradi.

    Foto: PMTI

    Foto: PMTI

    Toshkent shahri markazidagi xonadonning o‘rtacha narxi YIMning kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ulushidan 50 barobar ko‘p. Bu ko‘rsatkich Ukrainada 158 barobar, Rossiyada 87 barobar, Buyuk Britaniyada 66 barobar, Shveysariyada 20 barobar, Germaniyada 17 barobar, Luksemburgda 5 barobarni tashkil etadi. Bu umumiy hisobda odamlarning xarid qobiliyati past yoki yuqoriligini ko‘rsatadi.

    Toshkent shahrida xonadon ijarasi bozori shakllanishning boshlang‘ich bosqichida turibdi.

    Urbanizatsiya jarayonining jadallashib borayotganini inobatga olib, ijara bozorini rivojlantirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

    • ijarada turuvchilarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash;
    • ijara narxlari keskin o‘zgarishini nazorat qilish (misol uchun Germaniya tajribasi kabi), ijara narxini shahar bo‘yicha o‘rtacha narxdan sababsiz keskin 10 foizdan ko‘proqqa oshira olmaslikni qonunan belgilash;
    • bozorda uy egasi va potensial ijarachini to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydigan informatsion texnologiyalarni keng joriy etish.

    Avvalroq O‘zbekistonda uy sotib olish va uyga ro‘yxatga qo‘yish tartibi osonlashayotgani haqida xabar berilgandi.

    16.09.2022, 14:59   Izoh (0)   16856
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zGASHKLITI” kompaniyasi 130 mlrd so‘mdan ko‘proqqa sotildi

    16.09.2022, 11:08

    Tarixiy egallash: Germaniya hukumati uchta yirik gaz kompaniyasini milliylashtirmoqchi

    16.09.2022, 10:30

    ACWA Power O‘zbekistondagi ulushini 130 mln dollarga Xitoy kompaniyasiga sotadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

    15.09.2022, 18:03

    O‘zbekistondagi avtomobil bo‘yoqlari ishlab chiqaruvchi kompaniyani xususiylashtirish davom etmoqda

    15.09.2022, 13:33

    Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasini xususiylashtirish jarayoni boshlandi

    15.09.2022, 12:59

    Dunyodagi eng boy odamlar bir kun ichida 93 milliard dollar yo‘qotdi

    14.09.2022, 23:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati bir yilda 14,1 mlrd dollarga ko‘paydi

    Iqtisodiyot | 10 may, 09:07

    Pokiston havo zarbalari orqali Hindistonning muhim obyektlarini yo‘q qildi

    Dunyo | 10 may, 08:50

    Tong sehri: Jennifer Lopes, Opra Uinfri va boshqa mashhurlar nega soat 5 da turadi?

    Layfstayl | 10 may, 08:30

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.