Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,24 so‘mga tushib, 10 940,05 so‘mni tashkil qildi. Yevro 10,39 so‘mga ko‘tarilib, 11 121,65 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,04 so‘mga oshib, 182,26 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastlagandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Izoh (0)