Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni Samarqandga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qilgan.
Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov qabrini ham ziyorat qilgan.
“Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15—16-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)