Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan afg‘on xalqiga 58 tonnali zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuklari ortilgan avtomashinalar Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu galgi ko‘rsatilgan yordam avvalgilaridan farqli ravishda, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarning o‘zlariga tarqatildi.
420 ta oilaga mo‘ljallangan insonparvalik yordami tarkibida 50 kilogrammdan un, 25 kilogrammdan guruch, 10 kilogrammdan shakar, 10 litrdan yog‘, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha mahsulotlari mavjud.
Insonparvarlik yuklari 11–12-sentabr kunlari qo‘shni mamlakatning boshqa hududlariga ham yetkaziladi.
Izoh (2)
Qoshni Avgon xalqi tinchlik tilaymiz
Mengayam yordam beringlar, boshlang'ich to'lovsiz uy beringlar kreditga, shu vatanni farzandiman. 6-yil o'qishim kontrakt to'lab 17 mln dan to'liman yiliga kere bo'lsa, Ijaraga turaman 3 mln oyiga