• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi — sabablar, oqibatlar va uning hozirgacha o‘zgarish jarayoni

    Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz — 15 foizlik darajada qoldirdi. Buning O‘zbekiston hayotiga ta’siri, endi nimalar bo‘lishi kutilayotgani va hozirgacha asosiy stavkaning o‘zgarish jarayoni “Daryo” sharhida.

    Daraxt soyasida dam olib o‘tirgan ayol.

    Daraxt soyasida dam olib o‘tirgan ayol.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Asosiy stavka o‘zi nima va uning ta’siri qanday?

    Markaziy bank asosiy stavkasi — pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi.

    Asosiy stavka O‘zbekiston hayotiga jiddiy ta’sir qiladi. Mazkur stavkaga mamlakatdagi qolgan barcha stavkalar (omonatlar, kreditlar va boshqalar) bog‘liqdir.

    Stavka talab va taklifni o‘zgartiradi, ular esa, o‘z navbatida, aholi va biznes qarorlarini. Bularning barchasi esa narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

    Odatda mamlakatda yuqori inflyatsiya yuz berganda Markaziy banklar asosiy stavkani oshiradi. Natijada aholi iste’mol va investitsion qarorlariga ta’sir o‘tkaziladi. Bu esa ichki talab va inflyatsiya darajasi o‘zgarishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

    Asosiy stavka nega o‘zgarishsiz qoldirildi?

    Asosiy stavka Markaziy bankning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishiga imkon beruvchi vositalardan biridir.

    U inflyatsion kutilmalar hamda kelgusi oylarda narxlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kutilayotgan vaziyatidan kelib chiqib o‘zgartiriladi.

    Markaziy bankning asosiy vazifasi — bozorning barcha ishtirokchilari va barcha jarayonlar (inflyatsiya, iqtisodiy faollik va moliyaviy barqarorlik) o‘rtasida muvozanatni topishdir.

    O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilganini bir nechta sabablar bilan izohladi. 

    Iyul—avgust oylarida narxlarning yillik o‘sish sur’atlarini mo‘tadillashishi kuzatilib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlardan baland shakllandi. 

    Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalar may oyida kuzatilgan yuqori darajasiga nisbatan pasayishiga qaramasdan, hamon 14-15 foizni tashkil etmoqda.

    Kelgusi oylarda iqtisodiy faollikning yanada ortishi va qishloq xo‘jaligi sohalarida mavsumiy pul tushumlarining ko‘payishi hisobiga yalpi talabning o‘sishi, energiya ta’minoti va ichki bozorda ayrim mahsulotlar taklifi bilan bog‘liq inflyatsion xatarlar saqlanib qolmoqda.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

    Asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirilishi oqibatlari

    Asosiy stavkani o‘zgarishi birinchi navbatda kreditlar va omonatlarga ta’sir qiladi. 

    Banklarning asosiy stavkadagi o‘zgarishlarga javob berish muddati bir kundan bir oygacha bo‘lishi mumkin.

    Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo‘lgan o‘sish yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi. 

    Iyul oyida asosiy stavka pasaytirilgandan so‘ng kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishi kutilgan edi. 

    Aholiga ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi 0,1 foizga oshgan bo‘lsa ham, tadbirkorlar uchun bu ko‘rsatkich 0,9 foizga pasaydi. 

    Asosiy stavkaning o‘zgarishi banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlarga ham ta’sir qiladi. Odatda agar u o‘zgarmasa, omonatlar bo‘yicha ham foizlar deyarli o‘zgarmaydi.

    Biroq bu barcha kreditlarga taalluqli emas. Masalan, oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun kredit ajratish tartibiga muvofiq, ta’lim krediti banklar tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

    Bunda asosiy stavka pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

    Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov ham asosiy o‘zgarish tijoriy kreditlarga ta’siri shartnomada belgilangan shartlar asosida bo‘lishini aytgan edi.
    Banklar va mijozlar o‘rtasida tuzilgan o‘zgaruvchan foiz stavkali, xususan, Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan holda tuzilgan foiz stavkalari shartnomalarga ta’siri esa ushbu shartnomada kelishilgan shartlar yoki kredit ajratish bo‘yicha tegishli nizom talablariga muvofiq bo‘ladi, — degan edi u.
    Asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirilishi milliy valyutadagi aktivlar jozibadorligini saqlab qolib, jamg‘arish va kredit kanallari orqali monetar omillar ta’sirini yumshatishga xizmat qiladi.

    Asosiy stavkaning hozirgacha o‘zgarish jarayoni

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda asosiy stavka eng past bo‘lib 2015—2017-yillar oralig‘ida qayd etilgan — 9 foiz. 

    Asosiy stavka 14 foiz ko‘rinishida eng ko‘p 2006-yil 15-iyuldan 2010-yil 31-dekabrigacha deyarli 4 yil saqlanib qolgan.

    08.09.2022, 19:45   Izoh (0)   41054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Belarusga quritilgan sabzavot va mevalar yetkazib beradi

    08.09.2022, 17:23

    O‘zbekistonda inflyatsion xatarlar saqlanib qolmoqda — Markaziy bank

    08.09.2022, 16:40

    O‘zbekistonda asosiy stavka 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

    08.09.2022, 11:59

    Yevrokomissiya Rossiya gaziga yuqori narx chegarasini joriy etishni taklif qildi

    07.09.2022, 20:40

    O‘zbekistonda investitsiyalar uchun eng jozibador tarmoqlar aniqlandi

    07.09.2022, 20:07

    Global geoiqtisodiy hodisalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    07.09.2022, 19:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.