Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moliya vaziri Timur Ishmetov Markaziy bank stavkasi oshirilganiga qaramay, ta’lim va ipoteka kreditlari foz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, prezident makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar bergan. Jumladan, Markaziy bankning asosiy stavkani 14 foizdan 17 foizga o‘zgartirishi tashqi omil ta’sirida vaqtinchalik chora sifatida ko‘rilmoqda.

“Ikkita yirik dastur — ipoteka va ta’lim krediti bor. Bu resurslar davlat budjetidan banklarga ajratiladi. Hamma kreditlar uch foizga oshishi kerak edi. Lekin yil oxirigacha ushbu kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi oshirilmaydi”, — deydi Ishmetov.

Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov asosiy stavkaning oshirilishining joriy kreditlarga ta’siri shartnomada belgilangan shartlar asosida bo‘lishini aytgandi. “Banklar va mijozlar o‘rtasida tuzilgan o‘zgaruvchan foiz stavkali, xususan, Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan holda tuzilgan foiz stavkalari shartnomalarga ta’siri esa ushbu shartnomada kelishilgan shartlar yoki kredit ajratish bo‘yicha tegishli nizom talablariga muvofiq bo‘ladi”, — degan u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi