“Real” hujumchisi Karim Benzemaning jarohatiga oid ayrim tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi 1-tur doirasida “Seltik”ka qarshi kechgan bahsning (3:0) birinchi bo‘limida tizzasidan jarohat olgani aytilgandi.
“Real”ning rasmiy bayonotiga ko‘ra, Benzemaning son mushaklarida shikastlanish va yorilish yuzaga kelgan.
Marca xabariga ko‘ra, Karim uch hafta maydonga tusha olmaydi. U madridliklarning “Malyorka”, “Leypsig” va “Atletiko”ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. 2-oktabr kungi “Osasuna”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi taxmin qilinmoqda.
Joriy mavsum 34 yoshli futbolchi La Ligada 4 ta o‘yin o‘tkazib, uchta golga muallif bo‘ldi.
Izoh (0)