“Liverpul” Chempionlar Ligasi 1-turi doirasida “Napoli”ga 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
So‘nggi bor “Liverpul” 2021-yilning fevralida 4 ta gol o‘tkazib yuborgandi. O‘shanda mersisaydlar APL doirasida “Manchester Siti”ga yutqazgan (1:4).
“Liverpul” Yurgen Klopp davrida YCHLda ikkinchi marta to‘rtta to‘p o‘tkazib yubordi. 2017/18-yilgi mavsum yarim finalida jamoa “Roma”ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Shuningdek, “qizillar” nemis mutaxassisi qo‘l ostida Chempionlar Ligasida ikkinchi marta uchta to‘p farqi bilan yutqazdi. Birinchisi 2019-yilda “Barselona”ga qarshi o‘yinda (0:3) yuz bergandi.
“Liverpul” Neapol jamoasiga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqdi. Ingliz klubi “Milan”ga qarshi o‘tgan 2005-yilgi YCHL finalidan beri tanaffusga qadar uchta to‘p o‘tkazmagandi.
Izoh (0)