Ijtimoiy tarmoqlarda 10-sinf o‘quvchilari uchun “Biologiya” darsligida xato mavjud ekani haqida xabarlar tarqaldi. Respublika ta’lim markazi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, xato mavjud deya ko‘rsatilgan fayllar asliga muvofiq emas. Tarmoqdagi kitob sahifasi bir necha oy avval internet orqali tarqalgan darslikning ishchi fayli bo‘lib, darslikning original maketida mazkur xatoliklar kuzatilmaydi.
“Shu o‘rinda keng jamoatchilikdan tarqatilayotgan asossiz xabarlarga ishonib qolmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)