Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda “Resurs Kapital” tashkiloti tomonidan fuqarolar Rossiyaga ishga jo‘natilishi haqida e’lonlar berilmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan ogohlantirish e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
Ushbu tashkilot esa fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish uchun litsenziya olmagan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga fuqarolardan ushbu tashkilot ustidan ko‘plab shikoyatlar kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Resurs Kapital” tashkiloti faoliyati noqonuniyligini eslatib o‘tamiz. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu xizmat bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda qonunchilikka rioya qilishni, fuqarolardan esa firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslikni so‘raymiz, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)