• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kitoblarni pulli ijaraga berish konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz” — Rasul Kusherbayev

    O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun narx 108 foizga oshgani, Xalq ta’limi vazirligi esa bunga tushuntirish bergani xabar qilingandi. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mazkur holatga o‘z munosabatini bildirib, kitoblarni pulli ijaraga berish konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlamoqda.

    Deputat O‘zbekiston konstitutsiyasining 41-moddasini keltirib, unda, jumladan, “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi”, deya belgilanganini eslatib o‘tgan.

    Ushbu konstitutsion norma talablaridan kelib chiqilsa, davlat umumta’lim maktablarida ta’lim berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash ham. Shu bois maktablarda darslik kitoblarni pulli ijaraga berish ham konstitutsiyaga zid, deb hisoblaymiz. Bu bizning nuqtayi nazarimiz va uni to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani konstitutsiyaviy sudimiz bildirganida, yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lardi, — deb yozadi Kusherbayev.
    Ma’lumot uchun, 2022-yilda prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3, 6, 7 va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek, 2 va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021-yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

    2022-yilda yangi darsliklarning chop etilish xarajatlarining, xususan, dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022-yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining keskin oshib ketishi darsliklarni chop etish uchun xarajatlarning ham oshib ketishiga olib kelgan.

    Ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.

    Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2740 so‘m)ga nisbatan 2967 so‘mga (108 foizga) oshgan.

    2022—2023 o‘quv yili uchun uning narxi quyidagicha belgilandi:

    • umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun — bepul;
    • 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
    • 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
    • 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 68 500 so‘m;
    • 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 85 600 so‘m;
    • 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 74 200 so‘m;
    • 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
    • 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
    • 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
    • 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
    • 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 119 800 so‘m.
    Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach, 1-oktabrga qadar amalga oshirishi mumkin.

    Quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etiladi:

    • birinchi sinf o‘quvchilari;
    • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
    • mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari;
    • jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.

    03.09.2022, 16:50   Izoh (0)   20888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fly Dubai aviakompaniyasi Namangan va Dubay o‘rtasida aviaqatnovlarni amalga oshiradi

    03.09.2022, 16:25

    Namanganda Lacetti yo‘ldan chiqib ketib, YTH sodir etdi

    03.09.2022, 15:37

    Farg‘onada xonadondan 3,4 ming dollar o‘g‘irlagan ayol ushlandi

    03.09.2022, 14:43

    Navoiy aeroportida 17,5 ming dollarni xorijga noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar shaxs ushlandi

    03.09.2022, 14:26

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Ustyurtda tabiiy gaz qazib chiqarilishi va burg‘ilash ishlari holatini o‘rgandi (foto)

    03.09.2022, 13:30

    Toshkent viloyatida boshqa mashina bilan to‘qnashgan Nexia-2 ariqqa tushib ketdi

    03.09.2022, 13:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.