Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, xotira tadbirida Islom Karimovning xalq manfaati yo‘lidagi xizmatlari yodga olingan. Qur’on tilovat qilingan.
Davlat rahbari ustozlarni qadrlash va hamisha yodga olish kerakligini, bu yosh avlodga o‘rnak bo‘lishini ta’kidlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham birinchi prezident haykaliga gullar qo‘ygan.
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazilgan.
Izoh (0)