O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish arafasida Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim muassasalarining xavfsizligi o‘rganildi hamda texnik qo‘riqlash vositalarining sozligi tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar beradi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan 10297 ta ta’lim muassasalari qo‘riqlanib kelinmoqda.
Jumladan:
- 5398 ta umumta’lim maktablari;
- 656 ta oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari;
- 3959 ta maktabgacha ta’lim muassasalari;
- 284 ta talabalar yotoqxonalari texnik qo‘riqlovga olingan.
Izoh (0)