• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu maktab, molxona emas, o‘quvchilar hayotini xavfga qo‘yolmayman”. Samarqandda o‘quv yiliga tayyor bo‘lmagan maktab mashmashasi (video)

    Samarqandda yangi o‘quv yiliga tayyor bo‘lmagan maktab binosini foydalanishga qabul qilmayotgan direktor hokimlik bosimiga uchramoqda. Bu haqda “Daryo”ga maktab direktori Ilhom Tursunov xabar berdi.

    Ilhom Tursunov.

    Ilhom Tursunov.
    Foto: “Daryo”

    Tahririyatga murojaat qilgan Nurobod tumanidagi 41-maktab direktori Ilhom Tursunov maktab filialini qurgan quruvchi kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini aytmoqda. Uning ma’lumot berishicha, maktab filialining bino fundamenti loyihada ko‘rsatilganidan 40 sm past quyilgan.

    Maktab filiali.

    Maktab filiali.
    Foto: “Daryo”
    Bino fundamentini tekshirtirdik. Fundament aslida 1,40 metr bo‘lishi kerak edi. Fundamentdan 40 sm yo‘q. Avvali undan ziyod bo‘lishi mumkin. Sababi ular taxminan olib yozdi. Bitta joyni kovlab ko‘rdi-da xulosa qildi. Ana shundan keyin mashmasha boshlandi. Ular maktabni qabul qilasan deyapti. Men ‘bu — eshik yoki deraza emas, fundament. Loyiha asosida qurilmagan’, dedim. Hokimlikdagilar esa ‘40 sm yo‘q bo‘lsa nima qilasan, olasan maktabni’, deyapti. Men esa ‘maktabni qabul qila olmayman. Bu yer o‘zimning qishlog‘im, nevaram o‘qiydi’, dedim. Xulosa qo‘limda. Hozir ham tazyiq o‘tkazishmoqda. Qaysidir MCHJdan xulosa olib keldi. Xulosa ko‘rmasdan yozilgan. Yuz foiz kafolat beraman. Maktabni ko‘rmagan MCHJ rahbari fundament yaroqli deb yozib beryapti. Ko‘rmasdan yozganligining isboti shundaki, loyiha-smetada 60 sm.ga 30 sm ‘podushka’ berilgan. U yerda 40 sm.ga 60 sm. ‘podushka’ deb yozyapti. ‘Podushka’ning o‘zi 20 sm chiqmaydi. Sifatsiz qurilgan binoni balansimga qabul qila olmayman. Hali tepa qismi ekspertizadan o‘tkazilmagan. Faqat fundament haqida gap ketyapti. Tepa qismi, shkoturkasi, betoni, stoyajkasi, eshik-romkasi hali ekspertizadan o‘tkazilmagan. Bitta fundament uchun shuncha mashmasha bo‘lyapti”, — deydi maktab direktori.

    Ilhom Tursunov.

    Ilhom Tursunov.
    Foto: “Daryo”

    Ilhom Tursunovning ta’kidlashicha, maktab filialida 80 nafar bola o‘qiydi.

    Maktab filiali.

    Maktab filiali.
    Foto: “Daryo”
    Uch yil o‘tar, besh yil o‘tar. Balki men bo‘shab ketarman. Boshqa birov direktor bo‘lar. U sifatsiz bino qulab tushsa nima bo‘ladi? Shuncha qurilishlar qulab tushyapti-ku. Men bundan qo‘rqaman. Men quruvchi emasman. Men bu binoning necha yilga chidashiga kafolat bera olmayman. Qo‘rqqanim uchun deyarli yarim metr fundamenti yo‘q binoni qabul qilolmayman. Binoning sifatsiz qurilganligini viloyat hokimi bilmaydi. Viloyat hokimiga bino qabul qilingan, ishga tushgan deb hisobot berilgan. Quruvchi sifatsiz quribdi. Hokim o‘rinbosarining ko‘zi qayerda edi? Nima uchun u kelib nazorat qilmadi? Undan keyin, qurilishni nazorat qiluvchi inspeksiya bor. Injiniring kompaniyasi bor. Nima uchun ular vaqtida kelib fundamentdagi kamchiliklarni aytmagan. Vaqtida kelib qilsa bo‘lardi-ku? Injiniring kompaniya ko‘rib qabul qilish kerak edi. U yerda Otabek aka degan nazoratchi bor. U kishiga o‘z vaqtida fundament belgilangan normadan kam quyilayotganligini aytdim. Quyib bo‘lganidan keyin shu payti otam o‘lib qolgandi, men ko‘rmabmanda deydi. Davlatni pulini talon-toroj qilish bo‘lmaydi-da. O‘g‘ri bo‘l, insof bilan bo‘l. Eshigi yoki romkasi bo‘lganda uni o‘zgartirsa bo‘lardi”, — deydi Ilhom Tursunov.

    Foto: “Daryo”
    Maktab direktori quruvchidan bino fundamentini qayta, loyiha asosida qurib berishni talab qilmoqda.
    Ular quruvchi 32 million so‘m jarima to‘ladi deyapti. Quruvchi jarima to‘lasa maktab binosining fundamenti o‘sib, sifatsiz qurilgan bino sifatli bo‘lib qolmaydi-ku? Avvalo, 30 million ham to‘lamagan. Besh foiz kafolatdagi pulini qaytarib yuborgan bo‘ldi. Xo‘p, quruvchi noinsof ekan, hokim o‘rinbosari-chi? Necha marta ogohlantirdim. Injiniring kopmaniyadagilar-chi? Qurilishni nazorat qiluvchi inspeksiya-chi? Ularga men o‘z vaqtida murojaat qilganman-ku. Hokim o‘rinbosarining aytishicha, budjetning puli sifatsiz bino qurilishiga ketgan emish, men uni qabul qilib bolalarni o‘qitar ekanman. Men bolalarni u yerga kiritolmayman. Erta oxiratimiz ham bor. Qanday qilib, ko‘rib, bilib yarim fundamenti yo‘q maktabni qabul qilaman”, — deydi Ilhom Tursunov.

    Navro‘z Rahmonov.

    Navro‘z Rahmonov.
    Foto: “Daryo”

    Maktab direktorining ta’kidlashicha, tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov yig‘ilishlarning birida maktab binosini sho‘rlagan g‘ishtdan qurayotgan quruvchini tanqid qilgan. Ammo bugungi kunga kelib aynan hokim o‘rinbosari quruvchining yonini olmoqda.

    Katta bir yig‘ilishlarning birida aynan Navro‘z Rahmonov Nurbuloqdagi maktabni qurayotgan quruvchi Buxorodan olib kelingan sho‘rlagan g‘ishtdan maktab quryapti deb tanqid qilib, g‘ishtlarni almashtirish kerakligini aytgandi. Bir haftadan keyin shu g‘isht bo‘ladi degandi. G‘ishtning sifatini men bilmayman, qo‘limda bu bo‘yicha hech qanday hujjatim yo‘q. Talabim, yaroqsiz va sifatsiz qilingan maktab haqida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov xabar topishi kerak. Viloyat hokimi bir yig‘ilishda ‘maktab direktorlari sifatsiz bino bo‘ynilaringga o‘tib qolmasin. Agar bir nima bo‘lsa Telegram’ga chiqinglar, uchrashuvlar o‘tkazyapman, tortinmasdan aytinglar’, degandi.

    Viloyat hokimi qancha sifatsiz qurilishlarni aniqlab, qanchasining oldini oldi. Agar buning ham o‘z vaqtida oldini olmasak, oxiri voy bo‘ladi. Bino molxona yoki qo‘yxona emas, maktab. U masjid. Unda bola o‘tiradi. Shaxsan o‘zimning 6-7 nafar nevaralarim bor. Ular shu plitaning tagida o‘tiradi. Umr bo‘yi qo‘rqib yashashim kerakmi? Bu fundament, bu g‘isht ko‘tara olarmikan, tagida armaturasi yo‘q. Mansab uchun vijdonimni sotmayman. Kelishmayman ham. Menga 40 sm fundamentini qurib, ichiga armaturasini qo‘yib beradi, keyin binoni qabul qilaman”, — deydi Ilhom Tursunov.

    Foto: “Daryo”

    Direktor tuman hokimi o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov tomonidan unga juda ko‘p tazyiqlar o‘tkazilayotganini, bino loyihasi berilmayotganini aytmoqda.

    Qurilishdan 23 foiz foyda qolar ekan, pok-pokiza qilib yemaydimi quruvchi. Sifatli qurib qo‘yib, ‘xohlagan odamingizni olib kelib tekshirtiring, kerak bo‘lsa mutaxassis tanishlaringizni ham olib kelib tekshirtiring’, deganda, otangga rahmat, baraka topgin derdim.

    Xalq duo qilardi, el duo qilardi. Hozirgi ahvol nima? Bitta hokimning muovinini ‘tanka’ qilib olib, bu yerda meni qiynab, asabimga o‘ynab qabul qilib olasan, sentabrda ochilishi kerak. Bir martaga ochamiz, deb yuribdi. Lekin men yuz foiz kafolat bilan aytaman, Erkinjon Turdimov buni bilmaydi. Sababi u kishiga 8-9 ta komissiya a’zolari qo‘l qo‘ygan ma’lumot bergan. Ammo komissiya a’zolari biror marotaba maktabga kelib, shu maktabni ko‘rmagan. Ko‘pchiligi maktab qayerda joylashganligini ham bilmaydi. Ular direktorni o‘rtaga olamiz qo‘l qo‘yib beradi, shu bilan yopilib ketadi deb o‘ylagan. Men Erkinjon Turdimov bu haqda xabar topmaguncha, biror gap aytmaguncha maktabni qabul qilmayman.

    O‘ylaymanki, viloyat hokimi xolisona qarorga keladi. Sababi u odamga bunaqa soxta ishlar yoqmaydi. Tuman hokimi o‘rinbosari 2021-yilning noyabr oyidan beri menga tazyiq o‘tkazib keladi. Navro‘z Rahmonovning tazyiqi bilan binoni qabul qilishim kerak ekan”, — deydi Ilhom Tursunov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri maktab direktoriga tazyiq o‘tkazayotgani aytilgan hokim o‘rinbosari bilan ham suhbatlashdi. Navro‘z Rahmonovning ta’kidlashicha, 2021-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida qurilgan 41-maktab filialida yangi o‘quv yilidan boshlab to‘liq o‘qish jarayoni amalga oshiriladi. Uning ta’kidlashicha, maktab fundamenti uchun tegishli xulosalar olinib, yaroqliligi aniqlanib, foydalanish mumkinligi belgilangan.

    2021-yil “Obod qishloq” dasturi doirasida 41-maktab filiali qurilgan. O‘tgan yili to‘liq qurib bitkazilgan. Ushbu filialda yangi o‘quv yilida to‘liq o‘qish jarayoni amalga oshiriladi. Haqiqatan ham binoning fundament kubaturasi kam hisoblangan. Quruvchi tomonidan aniqlangan kamchiliklar to‘liq davlat ixtiyoriga to‘lab berilgan. Bundan tashqari, ushbu maktab binosi fundamenti uchun institutlardan xulosalar olinib, yaroqliligi aniqlanib, foydalanish mumkinligi belgilangan. Talabga javob bermaganida, mana shu xulosalar olinmagani-da boshqatdan qilinardi. Hozir xulosalar olingan, foydalanishga qabul qilingan. Shu sababli bemalol ishlatish mumkin. Har bir bino qurilayotganda oddiy g‘ishtigacha sertifikati bo‘ladi. Bino qurilish normalariga to‘liq javob beradi. Binoning qolgan qismiga to‘liq eskpertiza xulosasi olingan. Ekspertlar xulosasiga asosan ushbu binodan to‘liq foydalanish mumkin”, — deydi hokim o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov.
    Maktab filialini qurgan quruvchi Obidjon Bulakov ham bino fundamenti loyihada ko‘rsatilganidan 30 sm kam quyilganligini tan oldi. U tegishli joylardan tekshiruv bo‘lganidan so‘ng 33 million so‘m kamomad chiqqanligini, hozirda pullarni to‘lab berganligini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”
    2021-yilda shu binoni qurish uchun 715 million so‘m pulni tenderdan yutib olganman. Binoni 2021-yilning 15-avgustigacha topshirishim kerak edi. Shu muddatda topshirdim. Bir yildan oshdi, haligacha maktab ochilgani yo‘q. Birgina xotom loyihada ko‘rsatilgan fundamentni 30 sm kam quyganman. Uni tekshirib, laborotoriya xulosasini olganman. Beton yaroqli ekanligi bo‘yicha xulosa berishgan. Tegishli tashkilotlardan xulosa olganman. Tekshiruv bo‘lganidan so‘ng 33 million so‘m kamomad chiqqan. Uni ham to‘lab berdim. Loyiha smetadan tashqari hojatxona va kotyollarini ham qurib berganman. Men betonlar ichiga armatura quyganman. Hatto bo‘lingan sinfxonalarigacha armaturani karkaz qilib quyganman. Buning rasmlari ham bor. Direktor menga umumiy summaning 10 foizini berasan deb aytgandi. Men 10 foiz unga bersam tomning ustini yopmasligim kerak. U pulni mendan og‘zaki ravishda so‘ragan. Shu vaqtda men hech qanday dalil ololmay qoldim. Tegishli tashkilotlarga murojaat qilganman. Ular qanday xulosa beradi bilmadim”, — deydi quruvchi Obidjon Bulakov.
    Quruvchining mazkur gapiga direktor qanday munosabat bildirishi bilan ham qiziqdik. Maktab direktori quruvchi unga nisbatdan tuhmat qilayotganligi, uning nomini yomonotliq qilayotganligini aytib, buning uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishini bildirdi.

    Obidjon Bulakovning ma’lumot berishicha, direktor maktab binosi qurilishini o‘zi kuzatgan.

    Obidjon Bulakov.

    Obidjon Bulakov.
    Foto: “Daryo”
    Menga ishchi loyiha berilgan edi. Men uni ustalarning oldiga qo‘ydim. Maktab direktorining o‘zi ham qurilishning boshida 10-15 kun ishtirok etib, kuzatdi. Men ishchi loyihani direktorga berolmasdim, bersam qanday ishlayman, men shu loyihaga qarab ishlashim kerak-ku. Hujjatlarni kerakli tashkilotlarga murojaat qilib, olishlari mumkin. Men hech qachon loyihani yashirganim yo‘q. Qurilishni tegishli tashkilotlar kelib tekshirib, nazorat qilib borgan”, — deydi quruvchi.
    “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban viloyat hokimi Erkinjon Turdimov maktab direktori bilan uchrashdi. Viloyat hokimi maxsus ishchi guruh tuzib, holatni o‘rganib chiqqanidan so‘ng vaziyatni muhokama qilishini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning may oyida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov qurilish tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda ayrim quruvchi kompaniyalar 2022-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi doirasida barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlarni sifatsiz qurayotganini tanqid qilgandi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    02.09.2022, 18:05   Izoh (0)   54505
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi barcha OTMlarda super kontrakt miqdori 10 foizga kamaytirildi

    02.09.2022, 17:21

    Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolingan timsoh bolalari va buqalamunlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

    02.09.2022, 17:19

    Samarqanddagi “Nomsiztepa” yodgorligiga 4,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

    02.09.2022, 16:59

    Texnomart’da 30 dan ortiq turdagi texnika uchun 20 foizgacha chegirmaga ega bo‘ling!

    02.09.2022, 15:00

    Buxorodagi qamishzorga o‘t ketdi

    02.09.2022, 14:37

    O‘zbekiston va Misr farmatsevtika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishi mumkin

    02.09.2022, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Hamkorlar “Akkermann sement” zavodida sement ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Grand Mir va NBU binolarini qurgan quruvchi Sizga uy quryapti, sotib olasizmi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz ICT Expo 2024da 5G Calling va VoWiFi’ni namoyish etmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    ICTWEEK 2024: 5G innovatsiyalaridan 5.5G tezliklari sari

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Den Kuperning sirli tarixi: 200 ming dollar olib, samolyotdan qochgan jinoyatchining hozirga qadar ochilmagan ishi

    19.09.2024, 15:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.