Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi dahasida yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan video e’lon qilingandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 1-sentabr kuni soat 16:26 da Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi dahasida joylashgan Yakkasaroy texnoparki hududidagi ishlab chiqarish sexining tom va ichki qismida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra taxminan 800–1000 kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:31 da hodisa joyiga yetib borgan va soat 17:29 da yong‘in qurshab olingan. Ayni vaqtda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Yong‘in joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahri FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan. Hozirda yong‘in oqibatida fuqarolarning jarohat olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Izoh (0)