BMT Xavfsizlik kengashi 22-sentabr kuni Ukrainada tinchlik va xavfsizlikni saqlash masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Xavfsizlik kengashining sentabr oyidagi ish hisobotida ma’lumot keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, sentabr oyida o‘tkaziladigan Xavfsizlik kengashiga Fransiya raislik qiladi.
Avvalroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy “Zaporojye atom elektr stansiyasi Kiyev tomonidan davomli ravishda o‘qqa tutilayotganini” ta’kidlab, 6-sentabr kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragandi.
Mavzuga doir:
- Zelenskiy xavfsizlik kuchlari bilan frontdagi vaziyat yuzasidan maxfiy majlis o‘tkazdi
- Rossiya BMTga Zaporojye AESdagi vayronagarchilik suratlarini namoyish etdi
- BMTda 54 ta mamlakat Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyasiga qarshi bayonot imzoladi
- 40 dan ortiq mamlakat Moskvani Zaporojye AES ustidan nazoratni Kiyevga qaytarishga chaqirdi
Izoh (0)