“Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu jamoada qolishiga umid qilmoqda.
37 yoshli futbolchi uchun Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan birorta jamoadan taklif kelib tushmagan.
Mankunianliklar transfer oynasida Ronaldu uchun faqat bitta rasmiy taklif olgan. Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi portugaliyalikka rasmiy taklif jo‘natgan. Biroq Krishtianu YCHLda ishtirok etish maqsadida ushbu klubning taklifini rad etgan.
The Athletic nashrining yozishicha, transfer oynasi yopilishiga 2 kun qolganida “Manchester Yunayted” Ronalduning jamoada qolishi va Yevropa Ligasida bir mavsum o‘ynashga rozi bo‘lishiga ishonchi oshmoqda.
Xabarga ko‘ra, oxirgi kunlarda Ronaldu bilan bog‘liq ish yaxshi tomonga o‘zgargan.
Krishtianu joriy mavsum APLning barcha 4 ta o‘yinida ishtirok etdi. Ularning 3 tasida zaxiradan maydonga tushdi. Portugaliyalik birorta golli vaziyatda ishtirok etmadi.
Izoh (0)