“Leykers” hujumchisi Lebron Jeyms Italiya A Seriyasining amaldagi chempioni “Milan”ga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Financial Times xabariga ko‘ra, basketbolchi “Nyu-York Yankis”, “Manchester Siti” va “Nyu-York Siti”ga egalik qiluvchi sarmoyadorlar guruhiga kiradi.
Yozda “Milan” klubi RedBird kompaniyasi tomonidan xarid qilingan. Kompaniya xo‘jayini va asoschisi Jerri Kardinale bir muddat “Yankis” bilan ishlagan.
2011-yilda Jeyms “Liverpul”ning 2% aksiyasini 5 million funt sterlingga sotib olgandi. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, klub 4,45 milliard dollarga baholangan.
Lebron dunyoning eng boy sportchilaridan biri hisoblanadi. Uning shaxsiy kapitali 1 million dollardan oshadi.
Izoh (0)