Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Damas avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, boshqa transport vositalariga halaqit qilgan holda harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Videoda ko‘rish mumkinki, haydovchi yo‘lning piyodalar uchun mo‘ljallangan yerida harakatlanib, svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmagan. Uning bu qoidabuzarligiga Gentra mashinasidagi sheriklari ham qo‘shilgan. Ular holatni videotasvirga olib, tarmoqqa joylagan.
“Ko‘chada aylanib yurib, shunchaki hazil tariqasida videoga olgandik. Qilgan ishimizdan afsusdamiz”, — degan haydovchilardan biri.
Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)