Rossiyaning Voronej shahrida O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlari zo‘ravon ish beruvchilardan olib berildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Qayd etilishicha, agentlikning Voronej shahridagi vakilligiga 12 nafar o‘zbekistonlik pasportlarini ish beruvchi olib qo‘yganidan norozi bo‘lib shikoyat qilgan.
Shikoyat shu kunning o‘zida o‘rganilib, mehnat migrantlari va ish beruvchi bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Fuqarolarning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasportlari qaytarilgan hamda boshqa ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, agentlikning Volgograd shahridagi vakilligi tomonidan 6 nafar qoraqalpog‘istonlik fuqarolarning hujjatlari olib berilgan va vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlangan.
Izoh (0)