Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, mamlakat infratuzilmasini tiklash uchun 600–800 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu haqda “5-kanal” xabar bermoqda.
Tahlillarga asosan keltirilgan zarar oqibatlari shunday hajmda baholanmoqda. “Hamma narsani qayta tiklash uchun taxminan shunday summa kerak bo‘ladi”, — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltiradi telekanal.
Ukraina prezidenti, shuningdek, hozirda bu maqsadlar uchun sarflangan xarajatlar ko‘lamini aniqroq baholash qiyinligini, chunki jangovar harakatlar hali yakunlanmaganini ta’kidladi. Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, eng zarur infratuzilmani maqsadli tiklashga ketadigan kichikroq mablag‘lar haqida gapirish kerak.
“Men hozir e’tiborimni ma’lum infratuzilmani, jumladan, ta’lim, port, transport va turar joylarni tiklashga qaratgan bo‘lardim”, — dedi Zelenskiy.
Mavzuga doir:
Izoh (0)