Tayvan harbiylari Xitoy armiyasining droni Kinmen orollariga yaqinlashgandan so‘ng unga birinchi marta o‘q uzdi, deb xabar bermoqda CNA.
Xabarda aytilishicha, Tayvan prezidenti Say Inven milliy armiyaga Xitoy armiyasining uchuvchisiz samolyotiga qarshi o‘z vaqtida va qat’iy choralar ko‘rishni buyurgan. Kinmen mudofaa qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 17:59 da uchuvchisiz uchish apparati Erdandagi taqiqlangan suv hududiga kirgan.
Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Chjan Rongshunga ko‘ra, harbiylar tartiblarga muvofiq darhol ogohlantirish bergan. Dron joyidan siljimagani uchun uni ortga qaytarish maqsadida o‘q-dorilardan foydalanilgan. Shundan so‘ng dron Syamen shahri tomon uchib ketgan.
Qayd etilishicha, 30-avgust kuni kuni ertalab Tayvan qurolli kuchlari orolga yaqinlashib kelayotgan Xitoy xalq ozodlik armiyasining 24 ta samolyoti va 11 ta kemasini aniqlagan. Sakkizta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining “o‘rta chizig‘i”ni kesib o‘tgan. Ular orasida ikkita Su-30 qiruvchi, ikkita J-11, ikkita J-16, bitta JH-7 qiruvchi-bombardimonchi va bitta suvosti kemasiga qarshi Y-8 samolyotlari bo‘lgan.
Izoh (0)