Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yevropa va Ukrainada og‘ir energetik vaziyat yuzaga kelmoqda, shuning uchun ukrainaliklar mamlakat tarixidagi eng og‘ir qishni boshdan kechirishlariga to‘g‘ri keladi, dedi prezident Vladimir Zelenskiy o‘zining kundalik murojaatida. Video uning Telegram kanalida e’lon qilingan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Albatta, hozir vaziyat juda xavfli va keskin. Ukraina hukumati — davlat kompaniyalari qish mavsumini o‘tkazishga tayyor bo‘lishimiz uchun hamma narsani qilmoqda va bu haqiqatan ham tariximizdagi eng qiyin mavsum bo‘ladi, — degan Zelenskiy.
Davlat rahbari Yevropada gaz narxi kubometri uchun 3 ming 300 dollardan oshganini ta’kidladi. Buning sababini esa u “Rossiya gazining shantaji” deb atagan.

Zelenskiy Yevropa Rossiyaning energiya tashuvchilaridan mustaqil bo‘la olishiga, Rossiya esa qit’aning energiya bozorida “o‘yinchi” bo‘lishdan to‘xtashiga ishonch bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda