Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat va Navoiy ko‘chalari kesishmasidagi bino kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga iqtisodiy sudlar hukmi bilan Yakkasaroy tumani MIB tomonidan qo‘yilgan. 1999-yilda qurilgan ushbu 3 qavatli inshoot 52 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,12 gektar. Binoning maydoni — 1 851 kvadrat metr. Kafe joylashgan inshootda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan obyektning boshlang‘ich bahosi — 11,25 mlrd so‘m. Arizalar 29-sentabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Hamid Olimjon maydonidagi do‘kon va omborxona 8 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)