Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida majburiy mehnatga jalb qilingan o‘zbekistonlik erkakka yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro O‘.O. 2021-yilning dekabrida Rossiyaning Krasnoyarsk shahriga tanishining taklifi bilan ishlash maqsadida ketgan. Tanishi uni ko‘mir sexiga ishga joylashtirib, fuqarolik pasportini olib qo‘ygan va majburiy ishlatgan.
Shundan so‘ng, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan O.O‘. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilib, hujjatlarini olishda, O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan. Murojaat o‘rganilib, unga pasporti olib berilgan.
Shuningdek, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Krasnoyarsk—Namangan yo‘nalishidagi aviareysga chipta olib berilgan bo‘lib, 31-avgust kuni O‘zbekistonga qaytadi.
Izoh (0)