Krishtianu Ronaldu va Viktor Osimxen rokirovkasi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Corriere della Serra xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Osimxen uchun “Napoli”ga 100 million yevro to‘lamoqchi. Shuningdek, agarda Ronaldu Italiya klubiga o‘tsa, uning 85% maoshini to‘lab berishga tayyor. “Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bilan aloqalarni saqlab turibdi.
Neapol klubi Osimxenni 130 million yevroga sotmoqchi.
Avvalroq Ronalduning agenti mankunianliklar rahbariyatidan mijozini “Napoli”ga qo‘yib yuborishini so‘ragani xabar qilingandi.
Izoh (0)