“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante jarohati sabab kamida 4 hafta maydonga tusha olmaydi.
Bu xabarni jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel tasdiqladi.
Biz haftalar haqida gapirmoqdamiz. Bu 4 haftadan ko‘proq.Fransiyalik yarim himoyachi APLning “Tottenhem”ga qarshi o‘yinida (2:2) jarohat olgandi.Ngoloning o‘rnini to‘ldirish juda qiyin. U takrorlanmas. Futbolchilarimga ishonaman, shuning uchun o‘yin tizimimiz o‘zgarmaydi, shu holicha qoladi.
Tomas Tuxel, “Chelsi” bosh murabbiyi
Londonliklar Angliya chempionatining navbatdagi turida “Lester” bilan bahs olib boradi.
Izoh (0)