O‘zbekiston milliy terma jamoasining sentabr oyida Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
OFK kalendariga muvofiq, sentyabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun belgilangan FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ushbu yig‘in davomida Srechko Katanes shogirdlari 2022-yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari — Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Mazkur bahslar 23 va 27-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
23-sentyabr
Kamerun — O‘zbekiston
27-sentyabr
Kosta-Rika — O‘zbekiston
Izoh (0)