• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    “Haqiqiy qovunning mazasini tushunib yetdim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari

    IT Park O‘zbekistonga yashash va ishlash uchun kelgan IT-mutaxassis — belaruslik 32 yoshli Timur Mindarov haqida hikoya qildi. U “Itransition” kompaniyasida DevOps muhandisi sifatida ishlaydi.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    Timur Mindarov “Itransition” kompaniyasida o‘tgan yilning iyul oyidan beri faoliyat olib boradi. Uning vazifalariga dasturiy ta’minotni yig‘ish va yetkazib berishni avtomatlashtirish, infratuzilmani sozlash va nosozliklarni bartaraf etish kiradi.

    Ya’ni bunda dasturchi kod yozishni tugatgan bo‘ladi, lekin dastur hali ishga tushirilishi kerak — dasturni yig‘ish va yetkazib berishni avtomatlashtirish, dastur ishlaydigan infratuzilmani sozlash va monitoringni ta’minlash.

    O‘zbekistonga ko‘chib o‘tish haqida

    Shu yilning mart oyida Timur O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. U uzoq vaqt davomida Minskni tark etish haqida o‘ylagan edi.

    Esimda: 2012-yilda hech bo‘lmaganda bir muddat biron joyga ko‘chib o‘tishim kerakligini tushunganman. Keyin turli xil variantlarni ko‘rib chiqdim. Hamma AQSH va Yevropaga borishi aniq, lekin men yana boshqa variantlar ham bordir, deb o‘yladim. Balki, O‘zbekistondir?, — deydi u.

    U dastlab O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziya o‘rtasida tanlov qilgan. Otasi ham O‘zbekistondan. Bu yurt haqida kam gapirgan bo‘lsa ham, unga ota-bobolarining vatanini ko‘rish qiziq bo‘lgan.

    Dadam yana Belarusda yaxshi qovunlar yo‘qligini aytadi, menga esa qiziq: yaxshi qovun degani nima ekan?, — deb eslaydi Temur.

    Temurning aytishicha, qovunlardan hafsalasi pir bo‘lmadi: ular haqiqatan ham shirin va endi u haqiqiy qovunning mazasi qanday bo‘lishini tushunib yetdi.

    Bundan tashqari, Temur soyada 40-45 daraja nima ekanligini his qilib ko‘rishni xohlagan. Uning tan olishicha, ilgari bunday issiqqa qanday chidash mumkinligini tasavvur ham qilolmasdi.

    Endi angladim, bu unchalik qo‘rqinchli emas ekan, chidasa bo‘ladi. Belarusda 30 daraja va yuqori namlik chidab bo‘lmas holga keltiradi, ammo bu yerda havo quruq. Issiq havoda sayr qilishni yaxshi ko‘raman, — deydi u ob-havo haqida.

    Unga IT Park transfer xizmatini taqdim etdi va SIM-karta berdi. Shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirishda ham yordam berdi.

    Keyinchalik qiz do‘stim yonimga ikki marta tashrif buyurganida, u mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bilan tanishgan. IT Park yordamisiz jarayon uzoq va toliqtirar darajada kechar edi. Tashkilot uy-joy topishda ham yordam berishini bilaman, lekin kvartirani o‘zim tanladim.

    O‘zbekiston IT sohasi haqida

    Mutaxassisning fikricha, O‘zbekistonda IT sohasi endigina rivojlanmoqda.

    Belarus bilan solishtirganda bu yerda hamma narsa endi boshlanmoqda. Va men o‘tmishga qaytganimni his qilyapman. Bularning barchasi sal avval biz bilan bo‘lgan. Lekin ishonchim komilki, yaqin kelajakda hammasi o‘zgaradi, chunki O‘zbekiston hukumati ijobiy o‘zgarishlar uchun katta ishlarni amalga oshirmoqda.

    Hikoya qahramoni texnika do‘konlari va hayotni osonlashtiradigan ilovalar yo‘qligini aytadi.

    Belarusda dori-darmonlarni qidirish uchun veb-saytimiz bor, — deydi u.

    Loyiha butun mamlakatni qamrab oladi. U yerda siz dori nomini kiritasiz va xaritada dori qayerda sotilayotgani, qancha turadi va qanday analoglari borligi ko‘rsatilgan.

    Hatto istalgan odam sotib olmoqchi bo‘lgan dorisini bron qilishi, keyin esa dorixonaga borib, uni sotib olishi mumkin. Bu yerda men o‘sha loyihani juda sog‘indim. Albatta, botlar bor, lekin ular menga unchalik qulay tuyulmadi.Bank ilovalari borasida ham Timur shu fikrda.

    O‘zbekistondagi ayrim banklarning o‘z ilovalari bor. Aytaylik, siz undan foydalanishingiz mumkin, ammo interfeys sifatsiz. Yoki, masalan, ilova ajoyib ko‘rinadi-yu, undan foydalanishni boshlaganingizda, faqatgina ko‘rinishi zo‘rligini anglaysiz.

    Internetga kelsak, qahramonimiz bu masalada xotirjam.

    Ko‘pchilikning internetdan shikoyat qilishini eshitdim. Albatta, Belarusdagidan ba’zi farqlar borligini payqadim, lekin men uchun bu unchalik muhim emas, umuman olganda, ishlash uchun juda qulay.

    Temurning eslashicha, bu yerda u naqd pul qilish muammosi bilan duch kelgan.

    Bu yerga kelib, mehmonxonaga ro‘yxatdan o‘tgunimcha pulni almashtirishga ulgurmadim. Mehmonxonada dollar bilan to‘lasa bo‘ladimi, deb so‘rasam, “yo‘q” deyishdi. Muammo shundaki, hodisa dam olish kunlaridan bir kun oldin ro‘y berdi, banklar ishlamasligini bilmasdim.

    Temur ayirboshlash punktlarini topish umidida shahar markaziga borgan. Buning o‘rniga u bankomatlarni topdi, avvaliga uskunalar qahramonimizda shubha uyg‘otdi.

    Belarusda dam olish kunlari yoki kechgacha ishlaydigan banklar mavjudligiga o‘rganib qolganman. U yerda bankomatlardan foydalanishdan qo‘rqardim. Mashinaga dollar berib, u sizga nimadir qaytaradi, deb umid qilish juda g‘alati. Natijada u mendan dollarlarni oldi, lekin so‘m qaytarmadi. Shuni his qilgan edim…

    Lekin hammasi hal bo‘ldi. U chekni olib, taksi haydovchisiga qaytishda muammoni aytdi. Taksi haydovchisi bank bilan bog‘lanib, muammoni tushuntirdi va bir necha kundan so‘ng Temur pulini olish uchun bankka bordi.

    Qahramonni hayratda qoldirgan yana bir muammo bu — yo‘l.

    Men tez-tez odamlarni noto‘g‘ri joyda yugurib ketayotganini ko‘raman. Belarusda bu juda kam uchraydigan hodisa. Boshqa tomondan, piyodalar o‘tish joylari juda kam, haydovchilar tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylaridan ularni o‘tkazib yuborishni istamaydi.

    Timurning aytishicha, Toshkentning yana bir e’tiborga molik jihati haydovchilar tinimsiz signal chalishadi.

    Bu yomon. Misol uchun, bizning mamlakatimizda signal chalish bu — xavf haqida ogohlantirish belgisidir, ammo bu yerda odamlar doimiy signalga o‘rganib qolib, haqiqatan ham jiddiy narsaga reaksiya bermasliklari mumkin.

    Ammo ruknimiz mehmoni taksi narxidan juda mamnun: uning so‘zlariga ko‘ra, shaharning u chetidan bu chetiga 4 dollarga borish mumkin.

    Bu meni quvontiradi, doim taksida yuraman va hatto o‘zbekchada “chapga buriling, o‘ngga buriling” iboralarini o‘rgandim.

    Mahalliy aholi haqida taassurotlar

    Qahramonimizda o‘zbeklar haqidagi taassurotlar faqatgina ijobiy.

    Menga o‘zbek xalqining bir xususiyati yoqadi: odamlar bir-birlari bilan “siz” deb muloqot qilishadi. Bu muloqotga o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi, ushbu vaziyatda qo‘pollik qilish qiyin.

    Shuningdek, u til borasida to‘siqlarga duch kelmaganidan xursand, chunki aholining aksariyati rus tilida gaplashadi yoki tushunadi.

    Ayniqsa, o‘zbek taomlari unga manzur bo‘lgan.

    Otam shu yerlik bo‘lgani sababli uyda palov pishirardik. Lekin men doim o‘zbeklar pishirgan haqiqiy palovni tatib ko‘rishni xohlardim. Endi men uning ko‘rinishi qanday bo‘lishi va qanday ta’mga ega ekanligini bilaman. Uydagidan farqlar bor, lekin unchalik katta emas.

    Meva-sabzavotlar va umuman taomlar unga yoqdi. U sog‘inadigan yagona narsa — cho‘chqa go‘shti.

    Belarusda kolbasa va dudlangan go‘shtlarning katta tanlovi mavjud, cho‘chqa go‘shtini har bir do‘konda topish mumkin va tayyor mahsulotlar assortimenti juda katta. Bu yerda u deyarli iste’mol qilinmas ekan. Ammo qolgan hamma narsa ajoyib, mazali va hamyonbop. O‘zbek oshxonasi juda xilma-xil, menimcha, taom yetkazib berish ilovasidagi sharq taomlarining hammasini ham tatib ko‘rmadim.

    IT-mutaxassis Timur Mindarov nimanidir o‘zgartirish vaqti kelmaguncha O‘zbekistonda qolishini aytgan.

    25.08.2022, 21:57   Izoh (0)   31773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston sof ish haqi reytingida 106 mamlakatdan 96-o‘rinni egalladi

    25.08.2022, 14:09

    Bank kartasining qaytarilmaslik holatlari: Bankomat va terminallarda qanday xavfsizlik choralarini qo‘llash kerak?

    24.08.2022, 18:50

    Ofisda uy hayvonlarining bo‘lishi muhitni qanchalik o‘zgartiradi?

    24.08.2022, 17:18

    Portugaliyada qurg‘oqchilik: mevalar daraxtning o‘zida qurib, uzumlar mayizga aylanib qolmoqda

    24.08.2022, 16:10

    Xitoy jahonda yuanning pozitsiyasini mustahkamlamoqchi

    22.08.2022, 23:07

    Har bir oila uchun yaxshigina xarajat — Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar

    21.08.2022, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.