Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 2 kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 23-avgust kuni soat taxminan 20:30 larda M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining Qamashi tumani “Yuksalish” MFYdan o‘tgan qismida yuz bergan.
Qamashi tumanida yashovchi S.X. Damas’da harakatlanib kelayotgan vaqtda yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan B.A. boshqaruvidagi Damas orqa qismiga borib urilgan. Damas yo‘lning o‘ng tomon chekka qismiga ag‘darilib ketib, yo‘lning chetki qismida piyoda haraktlanib ketayotgan fuqaro E.O.ni urib yuborgan. Orqadan kelib urilgan Damas’ning o‘zi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Spark bilan to‘qnashgan.
Oqibatda piyoda E.O. va Damas haydovchisi S.X. og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.
Holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)