• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik fuqaro kadastr xodimlarining noqonuniy harakati sabab 40 mln so‘m jarima to‘lashga majbur bo‘layotganini aytmoqda

    Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro Jasurbek Ibragimov “Daryo”ga murojaat qilib, kadastr bo‘limi xodimlari uni noqonuniy tarzda jarimaga tortayotganini, kadastrchilar tomonidan bosim bo‘layotganini aytmoqda. “Daryo” muxbiri ushbu holatni o‘rganish maqsadida Shahrixon tumanida bo‘ldi.

    Jasurbek Ibragimovning aytishicha, u bahor faslining boshida tirikchilik qilish maqsadida uyining darvozaxonasi o‘rnida muzqaymoqxona qurgan. Joriy yilning aprel oyida kadastr xodimlari kelib, bino noqonuniy qurilayotgani, 15 kun muddatda buzmasa jazoga tortilishi bo‘yicha ogohlantirgan. Shu sababli hali foydalanishga tushmagan bino muddatidan avval buzib tashlangan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Uydagilar bilan maslahatlashib, darvozaxonani yopib, oldini muzqaymoq sotadigan joy qilishni reja qilgandik. Maqsadimiz shu yerdan unumli foydalanib, oz bo‘lsa-da tirikchilik qilish bo‘lgan. Qurilishni bitkazib, endi foydalanmoqchi bo‘lganimizda kadastr xodimlari kelib noqonuniy obyekt ekanligini aytib, buzish kerakligini bildirishdi. Keyin o‘n besh kun ichida buzmasam jarima solishlarini aytishdi.

    Boshimga g‘alva orttirmay deb, belgilab bergan muddati ichida buzib yubordim. Oradan bir oycha vaqt o‘tsa hamki, kadastr xodimlari qaytib kelmadi. Birinchi kelishganida ham haq-huquqlarim, tartib qoidalar qanday bo‘lishini tushuntirishmagandi. Shuning uchun ham buzgandan keyin hech qayerga murojaat qilmadim. Buzganligim haqida ham hech qanday ma’lumot bermadim”, — deydi Jasurbek.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Fuqaroning ta’kidlashicha, kadastr xodimlari tomonidan 31-may kuni unga nisbatan 40 million 500 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

    Bir oydan keyin kadastr xodimlari tomonidan uyimga xat keldi. Mazmuni bir xil ammo chaqiruv muddati turlicha qayd qilingan ikkita xat. Hayron bo‘lib, kadastr xodimlariga uchradim. Borsam ular sizga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida jarima solindi deyishdi. Nimaga asosanlanganligini so‘rasam noqonuniy bino qurganingiz uchun deb aytishdi. Vaholanki men binoni aytilingan o‘n besh kun muddatidan oldin buzib yuborganman. Hattoki, kelib o‘rganishmagan ham. Shularni aytsam baribir ‘shtraf’ solinadi, deyishdan boshqasiga yarashmadi.

    Huquqlarimni bilmaganim uchun bir nusxani oldimda qo‘l qo‘yib berdim. Keyin Shahrixon tuman adliya bo‘limiga murojaat qildim. Ulardan binoni muddatidan oldin buzganimni, harakatlarim to‘g‘ri ekanini aytib, ishni o‘rganib berishlarini so‘radim. Ular holatni o‘rganishganida jarima noqonuniy solingani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari soat kechki payt 21:29 da yozilgan jarima ish vaqtidan tashqarida rasmiylashtirilgan ekan. Shularga asoslanib adliya xodimlari xat kiritishdi. Ayblarini tasdiqlab berishgani uchun kadastrdagilar xodimiga hayfsan berdi.

    Shundan keyin yana bordim. Xodim xato qilgani uchun hayfsan beryapsiz, uning aybi uchun nega men jarima to‘lashim kerak desam qilgan ishlari to‘g‘riligini, orqaga qaytarib bo‘lmasligini aytishdi. Keyin jarimani bekor qilib berishlarini so‘rab viloyat kadastriga murojaat qildim. Ertasiga uch kishi ishni o‘rgangani kelishdi. Murojaatim qolib, hammasi jarimani bo‘ynimga ilishmoqchi bo‘ldi. Bundan tashqari har xil gaplar gapirib, bosim o‘tkazishdi. Haq-huquqimni o‘rgatishlarini so‘rasam, o‘rgatadigan emas jarima soluvchi tashkilotmiz, deyishdi. Ularni maqsadi faqat odamni ezish bo‘ldi.

    Ularga o‘n besh kun vaqt berilganini, shu vaqt ichida buzib yuborganimni aytsam ‘Buzib yuborishing majburiy emas. Buzsang ham, buzmasang ham baribir jarima qo‘llaniladi. Vaqt berishdan maqsad sudga chiqarmaslik. Shu sababli buzganing uchun sudga chiqarmaymiz, xolos’, deyishdi. Unda nega ogohlantirishda agar o‘n besh kun muddatda buzmasang qonuniy jazolaymiz deyishdi? Savollarimga hech kim javob bermayapti. Bu bo‘yicha prokuraturaga ham ariza yozdim. Hech qanday natija yo‘q”, — deydi Jasurbek Ibragimov.

    Turdiali Soliyev.

    Turdiali Soliyev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Fuqaro Turdiali Soliyevning aytishicha, u Jasurbekning xonadoni oldiga kichik somsaxona qurib, tirikchilik qilib kelgan. Kadastr xodimlari uning ham oldiga kelib, buzish bo‘yicha og‘izaki topshiriq bergan, lekin ogohlantirish bermagan. Bundan tashqari xodimlar unga turli bosimlar o‘tkazgan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Shu yerga somsaxona qilgandim. Kichik bo‘lsa ham, kunimizga yaraydigan darajada bolalarni boqish uchun tirikchilik qilayotgandim. Kadastr xodimlari kelib ‘bu yerni kimdan so‘rab qurdingiz?’, degandi uyni egasidan bir og‘iz so‘raganimni, ular xalal bermasa bemalol qurishimni aytgani uchun qurganimni aytdim. 30-iyun kuni kadastr xodimlari kelib, binoni buzasan deyishdi. Aytganini qilib, o‘n kunda buzdim. Buzib yuborganligim haqida suratlarni kadastr xodimiga olib borib berdim.

    Ertasiga o‘zlari kelib, sudga ariza topshirasan deyishdi. Belgilangan vaqtda buzib topshirganman-ku, desam holat shunaqaligini aytishdi. Aytishlaricha, sudga ariza topshirsam qayta ko‘rib chiqisharkan. Hech narsani tushunmadim. Vaholanki bular kelib, og‘izaki aytgan xolos. Hech qanday rasmiy ogohlantirish degan narsa berilmagan. Keyin menga joy shu bolaga tegishli deb aytasan deyishdi. Jarima chiqarib beraman deb qo‘rqityapti. Keyin Islom degani sherigi bilan keldida majbur o‘sha sudga topshirasan dedi. Aytishicha, sudga topshirsam ham, topshirmasam ham baribir jarima chiqaraman deyapti”, — deydi Turdiali Soliyev.

    Kamoliddin Omonov.

    Kamoliddin Omonov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Adliya bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Omonovning ta’kidlashicha, Jasurbek Ibragimov Kadastr agentligi Shahrixon tuman bo‘limi xodimlarining xatti-harakati va o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimaning qonuniyligini o‘rganib berilishini so‘rab murojaat qilgan. Murojaat bo‘lim tomonidan to‘plangan hujjatlar asosida o‘rganib chiqilganda Kadastr agentligining Shahrixon tuman bo‘limiga taqdimnoma kiritilgan. Natijada bo‘lim inspektoriga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

    O‘rganish davomida Kadastr agentligining Shahrixon tuman bo‘limi boshlig‘i A.Maqsudov tomonidan 2022-yilning 31-may kuni rasmiylashtirilgan ‘Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida’gi qarori bilan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismiga asosan bazaviy xisoblash miqdorining 150 baravari miqdorida, ya’ni 40 million 500 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilganligi aniqlandi. Bundan tashqari bo‘lim inspektori Islombek Qobilov joriy yilning 14-aprel kuni Jasurbek Ibragimov tomonidan yashash uyiga tutash hududga o‘zboshimchalik bilan 76 kv/metr joyga bino qurib olganligi, shunga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi, qurilmani buzdirish haqida shu kuning o‘zida ogohlantirish xati berilganligi aniqlandi.

    Ma’muriy huquqbuzarlikka oid hujjatlar to‘plami ko‘rib chiqilganida bo‘lim inspektori Islombek Qobilov tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasiga zid ravishda ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari tushuntirilmagan. Vaholanki, Kodeksning 282-moddasiga muvofiq, bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmasdan vakolatga ega bo‘lgan mansabdor shaxsga yuborilmagan va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga ichki ishlar organlarining ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi IS ma’lumotnomasi ilova qilinmagan.

    Shuningdek, joriy yilning 19-may kuni, ya’ni ‘Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida’gi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan 35 kun o‘tib, huquqbuzarning yashash xonadoniga pochta aloqa tarmog‘i orqali chaqirilish muddatlar turilcha bo‘lgan 244- va 245-sonli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlarni mazmunan ko‘rib chiqish haqida xabarnomalar yuborilgan. Vaholanki, Kodeksning 305-moddasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan.

    Bo‘limning mansabdor shaxsi tomonidan fuqaroga xabarnoma berilgan bo‘lsa-da, Kodeksning 308-moddasiga zid ravishda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasi rasmiylashtirilmagan. Bundan tashqari, bo‘lim boshlig‘i A.Maqsudov tomonidan 2022-yil 31-may kuni ish vaqtidan tashqari soat 21:29 da fuqaroga nisbatan ‘Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida’gi qaror qabul qilingan. Bunda Agentlikning Ichki mehnat tartibi qoidalarining 41-bandida Kadastr agentligi tizimi idoralarida ishning boshlanish vaqti soat 9:00 dan tugash vaqti soat 18:00 ga qadar etib belgilanganligiga e’tibor qaratilmagan. Shahrixon tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan jazo tayinlash yuzasidan taqdimnoma kiritilgan”, — deydi Kamoliddin Amanov.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i Mahmudjon Madrahimovning ma’lum qilishicha, tuman bo‘limi inspektori tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari bor, deb ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shunga ko‘ra, jarima qo‘llanilgan.

    Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro Ibragimov Jasurbekka nisbatan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 36 kv/metr yerga bino qurib olgani uchun 2022-yilning 14-aprel kuni Kadastr agentligi Shahrixon tuman bo‘limi xodimlari, ya’ni inspektorimiz Islombek Qobilov tomonidan binoni tez kunda buzib yuborish yuzasidan ko‘rsatmalar berib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bunda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari bor deb, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Ishni ko‘rib chiqish kuni va joyi haqida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha xabarnomalar yuborilgan. Xabarnomalarga e’tiroz bo‘ldi. To‘g‘ri bitta konvertning ichiga ikkita xabarnoma qo‘yib jo‘natilgan. Lekin pochta orqali muddat berib jo‘natilgan. Bilasiz, bizda davlat budjetidan pul ajratilmaydi. Shu sababli bittadan konvertning ichiga solib, markasini jo‘natgan. Ikki kun, besh-olti kun farq bilan jo‘natilgan. Fuqaro buni tan olib yozib bergan. Shundan keyin fuqaro kelmagan. Kelmagandan keyin 31-may kuni xodimlar tomonidan bir yarim oy o‘tgandan so‘ng ma’muriy bayonnoma yuzasidan tuman bo‘limiga aytilgach, bo‘lim boshlig‘i tomonidan qaror qabul qilinib, 40 million 500 ming so‘m jarima qo‘llanilgan”, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Madrahimovning ta’kidlashicha, adliya bo‘limi taqdimnomasiga asosan inspektor fuqaroga nisbatan kech chora ko‘rganligi sababli jazoga tortilgan.

    Bu yuzasidan ‘Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks’ning 305-moddasida 15 kunda tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari yoki boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari tomonidan qaror qabul qilish kerak, deb yozib qo‘yilgan. Shu o‘n besh kun ichida chora ko‘rilmay kech ko‘rilganligi uchun xodimimizga nisbatan chora ko‘rilgan. Ya’ni, ushbu ishni Shahrixon tuman Adliya bo‘limi o‘rganib, taqdimnoma bergan ekan. Shunga asosan, 305-modda talablarini buzgan deb turib, inspektorga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari fuqaro tomonidan qurilish maydoni 76 kv/metr emas 36 kv/metr ekanligi bo‘yicha bildirgan e’tiroz inobatga olinib, xodimning harakatlarida intizomiy jazoga tortilish harakati borligi uchun yuqoridagi jazo qo‘llanildi.

    Fuqaro arizasida o‘zining binosi emas, atrofida boshqalarning ham binolari ham bor deganidan keyin viloyat tomonidan ishchi guruhi tuzilib, o‘rganildi. O‘rganish davomida bir fuqaro tomonidan 40 kv/metr milliy taomlar oshxonasi sifatida qurilish qilib olganligi aniqlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tuman bo‘limi tomonidan chora ko‘rish harakatlari boshlangan. Shuningdek, ikkita fuqaroga nisbatan 60-modda 2-qismi bilan, ya’ni 2021-yil 16-avgustdan oldin bino qurilib, bitkazilganligi sababli bayonnomalar rasmiylashtirildi. Hozirgi kunda sudga yuborish choralari ko‘rilayapti. Shu bitta bino buzilgani yo‘q, qolgan binolar buzilib, fuqarolar tomonidan bartaraf qilinibdi. Lekin ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirganmiz”, — deydi Mahmudjon Madrahimov.

    Sanjarbek Shokarimov.

    Sanjarbek Shokarimov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorat bo‘limi boshlig‘i Sanjarbek Shokarimovning aytishicha, prezident farmoniga asosan Kadastr agentligiga jazo choralar ko‘rish vakolati berilgan. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaro qonunbuzilish holatlarini bartaraf etsa-etmasa jazodan ozod qilinishi yoki boshqasi ko‘rsatilmagan.

    Prezidentning 2021-yilda qabul qilingan shu haqdagi farmonida yer xususidagi munosabatlar tartibga solinib, tuman hokimi, viloyat hokimi va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari hamda Kadastr agentligining ham bir qator funksional vazifalari aniq ko‘rsatib berilgan. Farmonning 10-bandida noqonuniy qurilishlarni sudga kiritish, jazo choralar ko‘rishlik vakolati berildi. Farmonning mazmun-mohiyati bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qildik. Bundan tashqari mahallalarda ham targ‘ibot materiallarini yopishtirib chiqdik. Farmondan keyin 780-sonli qonun qabul qilindi. Shu munosabat bilan ‘Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks’, ‘Jinoyat kodeksi’, ‘Yer kodeksi’ va boshqa bir qator qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Natijada yer bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlansa jazolar kuchaytirilganligi qayd qilingan.

    Oldin ‘Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks’ning 60-moddasi 2-qismida fuqaro o‘zboshimchalik bilan yerni egallab olsa-yu bartaraf etsa javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan edi. Hozir ham o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini 15 kunlik muddatda bartaraf etilishini ta’minlasa fuqaro har qanday jazodan ozod etilishi belgilab qo‘yilgan. Qonun bilan kiritilgan 60-moddaning 3-qismida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilib olish holatlari aniqlansa fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha jarima belgilangan. Uni bartaraf etsa-etmasa jazodan ozod qilinishi yoki boshqasi ko‘rsatilmagan”, — deydi Sanjarbek Shokarimov.Shokarimovning qayd etishicha, fuqaro o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etishi shart. Agar bartaraf etmasa ish sudga chiqarilishi mumkin.

    Ogohlantirish berishdan maqsad Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan 467-sonli qarori bilan ‘O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida’gi Nizom tasdiqlangan. Nizomda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni 15 kun muddatda fuqaro ixtiyoriy ravishda bartaraf etishi shart. Agar bartaraf etilmasa tuman hokimligi yoki kadastr agentligi tomonidan buzish bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritilishi ko‘rsatilgan. Agar ushbu fuqaro 15 kunlik muddatda bartaraf etmaganida buzish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilishi ta’minlanardi. Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Shahrixon tuman adliya bo‘limi taqdimnomasiga asosan shu fuqaroning murojaati joyiga borib o‘rganildi.

    O‘rganish jarayonida fuqaro Kadastr agentligi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘llanilgan jarima noto‘g‘ri qo‘llanilganini, qaror bekor qilinishini so‘radi. Borganimizda 76 metr/kvadrat deb ko‘rsatilgan binoning 36 kvadrati o‘sha fuqaroga, qolgan qismi boshqa fuqarolarga tegishli bo‘lganligi, bundan tashqari berilgan ogohlantirish xatida ham 15 kun muddatda bartaraf etsa javobgarlikdan ozod etilishi yozilganini aytdi. Shunda fuqaroga ma’muriy bayonnoma va qarordan norozi bo‘lsa sudga murojaat qilishi tushuntirildi. Fuqaroga shuncha tushuntirishlarimizga qaramasdan adliya va boshqa idoralarga e’tiroz bildirdi. Haqiqatan ham bartaraf etgan holatlari bo‘yicha sudga o‘zining e’tirozini bildirib, keltirgan vajlari tasdiqlansa, tegishli munosabat bildiriladi. Bunaqa holatlar ish faoliyatimizda juda ko‘p uchragan”, — deydi Sanjarbek Shokarimov.“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    24.08.2022, 20:12   Izoh (0)   17407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonda bo‘lgan voqealarni yoritishda inson huquqlari buzilganmi? Ombudsman aholi o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazdi

    24.08.2022, 19:45

    Namangan shahri hududi kengaytirilishi kutilmoqda

    24.08.2022, 19:28

    O‘zbekistonda SMA kasalligiga chalingan bemorlar bepul dori vositalari bilan ta’minlanadi

    24.08.2022, 19:01

    Qashqadaryoda ikkita Damas va Spark ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

    24.08.2022, 18:23

    Toshkent viloyatida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari davlat manfaatlariga 2,3 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    24.08.2022, 17:44

    Moskvada o‘zbekistonlik qiz besh yoshli qizchani o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgani aytilmoqda (video)

    24.08.2022, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.