• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha yangi tizim ishga tushdi. Uning afzalliklari nimada?

    So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tizimida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.

    Masalan, abituriyentlarga o‘zlari yashab turgan joydan O‘zbekistondagi istagan institut yoki universitetiga DTM rasmiy sayti orqali onlayn tarzda hujjat topshirish imkoni yaratildi. Bunday qulaylikni 5-6 yil ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmasdi.

    Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha yangi tizimning afzalliklari haqida “Daryo”ga Toshkent moliya instituti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor To‘lqin Teshaboyev gapirib berdi.

    To‘lqin Teshabayev

    To‘lqin Teshabayev
    Foto: To‘lqin Teshabayev arxividan

    Talabalarning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi.

    Xususan, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi mingtalik o‘rinlarda mavjud OTMdan O‘zbekistondagi OTMlarning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

    Bunda test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

    Toshkent moliya instituti misolida qaraydigan bo‘lsak, 2022/2023 o‘quv yilida xorijiy oliy o‘quv yurtlaridan o‘qishini ushbu institutning ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish uchun test sinovlari topshirgan talaba kamida 105 ball olishi kerak.

    Bundan ikki yil avval kirish bali 56,7 ballni tashkil etgan. Tasavvur qiling, o‘zimizdagi abituriyent kamida 130–140 ball olib institutga o‘qishga kirsayu, xorijiy OTMdan o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirgan talaba test sinovlarida 56,7 ball bilan o‘qishga qabul qilinsa.

    Ochig‘ini aytish kerak, bu holat boshqa oliy o‘quv yurtlarini bilmadimu, bizning institutda ta’lim sifatining pasayishiga sabab bo‘ldi. 2020/2021 o‘quv yilida 550 ga yaqin fuqarolar xorijiy oliy ta’lim muassasalarigi o‘qishini Toshkent moliya institutiga ko‘chirgan.

    Tajriba shuni ko‘rsatayaptiki, ularning aksariyati institutda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishi qiyin kechmoqda yoki akademik qarzdor bo‘lib qolmoqda.

    Shuni inobatga olib, xorijiy OTMlaridan o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida kirish ballining 105 ball etib belgilanishini to‘g‘ri qaror deb hisoblayman.

    Yana bir jihat. Respublikamiz abituriyentlarini turli yo‘llar bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritish va oradan bir yil o‘tsa, O‘zbekistondagi istalgan universitet yoki institutiga o‘qishini ko‘chirib berishda “amaliy yordam” ko‘rsatadigan konsalting firmalari ko‘payib ketdi.

    Albatta, hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida bunday salbiy holatlarning oldi olinmoqda.

    O‘zbekiston prezidentining yuqorida keltirilgan qaroriga asosan, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan OTMlaridan respublikamiz OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

    Buni oddiy tilda tushuntiradigan bo‘lsak, xorijiy OTMlarining noturdosh ta’lim yo‘nalishlarida o‘qigan talaba o‘qishini Toshkent moliya institutining birorta ta’lim yo‘nalishiga ko‘chira olmaydi.

    Biz yuqorida “tashqi ko‘chirish” deb nom olgan talabalar o‘qishini ko‘chirishning ayrim xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdik. Holbuki, talabalar o‘qishini “ichki ko‘chirish” ham mavjud.

    Xususan, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston hududida davlat OTMning biridan boshqasiga o‘qishni ko‘chirishga faqatgina talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun va davlat organlari xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida ruxsat beriladi.

    Boshqa holatlarda talabalar o‘qishini ko‘chirishi mumkin bo‘lmaydi.

    Bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar maxsus elektron dasturlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgani kabi xorijiy va milliy OTMlaridan o‘qishini boshqa OTMlariga ko‘chirayotgan fuqarolar uchun ancha qulayliklar yaratildi.

    Yangi o‘quv yilida o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali, respublikadagi bir OTMdan boshqasiga yoki bir OTM doirasida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, talabalar o‘qishini ko‘chirish borasida yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim OTMlarda ta’lim sifatining oshishiga, fuqarolarda o‘qishini ko‘chirish mas’uliyati yuzaga kelishiga va eng asosiysi, talabalar o‘z bilimlarini yanada kuchaytirishlariga turtki bo‘ladi.

    Sheriklik huquqi asosida

    23.08.2022, 13:30   Izoh (0)   11783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda brend mahsulotlar kontrafaktini ishlab chiqarayotgan korxona 3 mln so‘m jarima to‘ladi

    23.08.2022, 13:27

    AQSH kongressmenlari O‘zbekiston Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qildi

    23.08.2022, 13:25

    Farg‘onada fuqaro MCHJ rahbaridan 3000 dollar pul olayotganda ushlandi

    23.08.2022, 13:23

    Qashqadaryoda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Nexia urib yuborishidan vafot etdi

    23.08.2022, 13:05

    Toshkentda biometrik ma’lumotlar asosida inson yuzini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

    23.08.2022, 13:01

    “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi uchun 10 mlrd so‘m ajratildi

    23.08.2022, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58

    Gulistondagi drama teatrida chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:45

    Avazada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:31

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Eron MI6 ning maxfiy axborotidan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanmoqchi

    Dunyo | 5 avgust, 22:30

    Superliga. “OKMK” mehmonda “Paxtakor”dan ustun keldi

    Sport | 5 avgust, 22:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.