Farg‘ona viloyatida tadbirkorga kredit ajratib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro D.I. “D.V.” MCHJ rahbari R.ning ishonchiga kirib, ushbu MCHJga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida bank muassasasidan 3,1 milliard so‘m kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 3000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)