Futbol bo‘yicha Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatining G‘arbiy mintaqasi doirasida “So‘g‘diyona W” 23-avgust, seshanba kuni “Bam Xatun”ga qarshi bahs olib bordi.
Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “So‘g‘diyona” ayollar jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 32-daqiqada Shahnoza Qurbonova tomonidan urildi.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Shu tariqa jizzaxliklar ushbu g‘alabadan so‘ng G‘arbiy mintaqa g‘olibiga aylandi.
Endi “So‘g‘diyona W" Sharqiy mintaqa g‘olibi Tailandning “Osiyo olimlari kolleji” bilan bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati
G‘arbiy mintaqa
23-avgust, seshanba
“So‘g‘diyona W” — “Bam Xatun” 1:0
Gol: 1:0 — 32 Shahnoza Qurbonova.“So‘g‘diyona W": 1. Kumushoy G‘ulomova, 5. Nafisa Nabiqulova, 6. Iroda Turdaliyeva, 7. Nozima Komoltoyeva, 15. Shahnoza Qurbonova, 19. Ushijima Riko, 21. Xolida Dadaboyeva, 22. Ana Cheminava, 23. Diyora Habibullayeva, 27. Feruza Boboxo‘jayeva, 77. Zarina Mamatkarimova.
“Bam Xatun”: 54. Zahra Khajavi, 3. Kousar Kamali, 6. Zahra Sarbali, 7. Fatimah Geraeli, 8. Behnaz Taherhani, 9. Zahra Ghanbari, 10. Atefeh Ramezanizadeh, 11. Saminah Chahkandi, 15. Negin Zandi, 17. Shahnaz Jafari Zadeh. 23 Mona Hamoudi.
Izoh (0)