UFC dam olish kunlari AQShda o‘tgan UFC 278 musobaqasidan so‘ng yangilangan reytingni e’lon qildi.
UFC 278 ning asosiy jangini boy bergan Kamaru Usmon umumiy reytingdagi yetakchilikni yo‘qotdi. Uning o‘rnini P4P reytingida oltinchi o‘rinda borayotgan Aleksandr Volkanovski egalladi. Usmon esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.
Kamaru yakshanba tongidagi MMA oqshomida Leon Edvardsga yutqazib qo‘ygandi. Edvards umumiy reytingning 6-pog‘onasiga ko‘tarilgan.
Volkanovski yarim yengil vazn toifasi chempioni hisoblanadi. 2019-yilda chempionlikka erishgan Aleks shu vaqtda qadar to‘rt bor titulni muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Merab Dvalishvili o‘ta yengil vazn toifasi reytingida uch pog‘ona yuqorilab, uchinchi o‘rindan joy oldi. Unga mag‘lub bo‘lgan Joze Aldo esa oltinchi o‘ringa tushib ketdi.
Izoh (0)