Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o‘rtasida mutlaq Jahon chempionligi uchun jang o‘tkazilishi mumkin.
Britaniyaning Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, jangni 17-dekabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazish reja qilinmoqda.
Saudiya Arabistoni Sport vaziri Abdulaziz bin Turki al-Faysal jang Ar-Riyodda tashkillashtirilishini ta’kidlagan.
Tayson Fyuri ukrainalik bokschiga qarshi jangdan 55—60 million yevro daromad qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Oleksandr Usik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, og‘ir vazn toifasida Jahon chempionligini saqlab qolgandi.
Avvalroq Fyuri boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan, biroq vaqt o‘tib bu qaroridan voz kechganini aytgandi.
Izoh (0)