Rossiya BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporojye AES atrofidagi hududni qurolsizlantirish haqidagi taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi. Buyuk Britaniya va AQSH deputatlari “Rossiyaning aybi bilan atom elektr stansiyasida ataylab sodir etilgan avariya NATOga hujum sifatida baholanishini” ma’lum qildi.
Britaniya parlamenti deputati Tobias Ellvud Ukraina tomonining Rossiya qo‘lga kiritilgan atom elektr stansiyasida provokatsiyalar rejalashtirayotgani haqidagi xabarlariga izoh bergan. Ellvudning Twitter’da yozilshicha, Ukraina yadroviy reaktorida radiatsiya tarqalishiga olib keladigan harakatlar NATOning 5-moddasini buzish hisoblanadi.
Ellvudning so‘zlariga AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Adam Kinzinger javob qaytargan. Kinzingerning so‘zlariga ko‘ra, radiatsiya sizib chiqishi NATO mamlakatlarida istiqomat qiluvchi aholini halok qiladi va bu alyans nizomining 5-moddasi avtomatik tarzda qo‘llanilishini anglatadi.
Ma’lumot uchun, NATO Kollektiv mudofaa to‘g‘risidagi nizomining 5-moddasida alyans a’zosiga hujum qilish blokka qilingan hujumga teng ekani belgilangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)