Skupshina (Chernogoriya parlamenti) deputatlari bosh vazir Dritan Abazovich rahbarligidagi respublika hukumatiga ishonchsizlik votumini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.
Hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi haqidagi qarorni 50 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, bir nafar parlamentariy betaraf qoldi.
Ovoz berish sobiq hukmron sotsialistlar Demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Partiyadagilar fikricha, parlament Yevroittifoq bilan yaqinlashuv masalasida mamlakatni olg‘a surmayapti.
Bu deputatlar shu yil qabul qilgan ikkinchi ishonchsizlik votumidir. Fevral oyida Chernogoriya parlamenti 30 yil ichida birinchi marta muxolifat tomonidan shakllantirilgan Zdravko Krivokapichning vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik votumini e’lon qilgandi. Yangi mahkama aprel oxiridayoq tasdiqlandi.
O‘shanda hukumat iste’fosi tashabbuskori sifatida hukmron koalitsiya partiyalaridan biri — g‘arbparast URA harakati chiqqan edi. URA o‘z tashabbusini joriy mahkama parlamentda qo‘llab-quvvatlanmasligi va shu tufayli Chernogoriyaning Yevroittifoqqa a’zolik yo‘lidagi harakati to‘xtab qolgani bilan izohlagandi.
Izoh (0)