• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Nomusga tegish, bosqinchilik hamda boshqa ayblovlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    Mashhurlarning hayoti har doim ham sahna va muxlislar olqishi bilan bog‘liq emas. Xuddi pianinoning oq va qora klaviaturalari bo‘lganidek, mashhurlarning hayotida ham sinovli kunlar bo‘lib turadi. Quyida turli sabablarga ko‘ra, umrining ma’lum qismini panjara ortida o‘tkazgan san’atkorlar haqida ma’lumotlar keltiriladi.

    Matyoqub Matchonov mashinadan topilgan 3,5 kg nasha haqida...

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov nafaqat komik, balki tarixiy filmlardagi rollari bilan ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. 2016-yili u rahbarlik qiladigan “Marsa” tijorat tashkilotidagi savdo qoidalarini buzish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi ayblovlar qo‘yilgandi. Bundan tashqari, odamlar orasida uning mashinasidan katta miqdordagi nasha giyohvandlik moddasi topilgani haqidagi mish-mishlar ham bolalagandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    —  Tuhmat bilan qamalganman. Shuhrat G‘ulomov degan odam bo‘lar edi. O‘sha vaqtlarda MXXda Rustam Inoyatovdan keyingi odam edi. Shu odamning tashabbusi bilan to‘rt oy o‘tirib chiqdim. Nimaga degan savol tug‘iladi. Shuhrat G‘ulomov biznesdagi sherigimning o‘g‘li bilan nimagadir qasdlashib qolgan ekan. U bola shirkatimizning nomiga olingan mashinani haydab yurardi. Uni qamoqqa olish uchun o‘sha mashinaning ichiga 3,5 kilo nashani solib qo‘yishgan. O‘sha vaqtlarda Shuhrat G‘ulomov boshchiligidagi MXX xodimlari bunaqa ishlarga usta edi. Mana hozir o‘sha odam bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu odamning tashabbusi bilan kirib ketganman.

    Shu voqeadan keyin o‘sha bolani, so‘ng uni dadasini qamashdi. Meni ham bir-ikki marta tergovga chaqirishib, keyin meni ham arafa kuni “Gvardeyskiy” degan joyga tiqib qo‘yishdi. Bir yarim oy “Gvardeyskiy”da o‘tirdim, ikki yarim oy “Toshturma”da o‘tirdim. Keyin umrlari uzoq bo‘lsin, Prezident kelganlaridan keyin bizni chiqarib yuborishdi. Meni qamatgan odam esa bir umrga qamalib ketdi. “Hey baraka topgur, meni aybim nima?”, deb so‘raganimda “Ha, siz ‘neto’ odam bilan sherik bo‘lgansiz”, deyishardi. U yerda hamma tuhmat bilan qamalganimni bilardi, chunki hech kimni aldab bo‘lmaydi. Hamma qanday modda bilan qamalganingni biladi, 243-modda bor — jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni legallashtirish degan narsa edi. Hozir bu modda olib tashlandi, chunki bu Shuhrat G‘ulomovning tashabbusi bilan o‘ylab topilgan, ya’ni biznesmen va tijoratchilarni mol-mulkini musodara qilib, talon-toroj qilib olib qo‘yish uchun o‘ylangan modda edi. Hozir bu narsa olib tashlangan, deb eshitdim.

    Jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk? Men qanday jinoyat qildim? Biror davlat tashkilotida ishlamagan tadbirkor odam bo‘lsam, o‘zimning cho‘ntagimdagi pulni o‘zim o‘g‘irlamayman-ku.

    Bir o‘zimni kameraga olib kirib qo‘yishganda hayolimga kelgan narsa uchta bo‘ldi. Birinchisi, nima uchun, nima gunoh qildim? Ikkinchisi, uyimdaga aka-ukam, bolalarimning ahvoli nima bo‘ldi? Uchinchisi bo‘lsa, uzog‘i bilan bir hafta yotsam kerak. Hammasining ortda qolgani rost bo‘lsin. Nasibamiz bor ekan-da, o‘sha yerlarda ham, — deydi aktyor Matyoqub Matchonov.

    Bonu: “G‘aflatda qolganman”

    “Qora tun” va “Afsona” qo‘shiqlari bilan muxlislar mehrini qozongan Bonu ham jinoiy javobgarlikka tortilgani va shu sabab, san’atni juda erta tark etgani ko‘pchilikka ma’lum. Afsuski, xonanda u kunlarni eslashni va yaralarini yangilashni istamaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — G‘aflatda qolganman. O‘shanda nima bo‘lganini ham bilmay qolgandim. Uyimda tintuv qilishgan, ko‘zimni bo‘yaydidan qalamimdan tortib, mashinamgacha xatlov qilib olib ketishgan. Afsuski, olingan narsalar ro‘yxatida qo‘shiqlarim yozilgan kompyuter va ijodimga bog‘liq boshqa narsalar kiritilmagan. Keyinchalik onam tilla taqinchoqlarim va avtomobilimni olgan.

    Ammo ijodiy ishlarimni so‘raganida, faqat ro‘yxatdagi narsalar borligini aytishgan. Shu bilan hammasi yo‘q bo‘lib ketdi. Aybim ochilmagan narsa bo‘yicha ancha yillarga yo‘q bo‘lib ketdim. Men faqat adolat qaror topadi,deb kutdim. Ammo unday bo‘lmadi. Men 8-9 yil balki undan ham ko‘proq umrimni o‘sha yerlarda o‘tkazdim. U yerda o‘tirganimda ham ijod haqida ko‘p o‘yladim. “Telbalar ichidaman” nomli qo‘shiq yaratgandim. Ammo u kimgadir og‘ir botadi, deb qo‘shiqni chiqarmaganman, — deydi sobiq xonanda Bonu.

    Zokir Sobirov: “To‘qqiz yil umrim qamoqxonada o‘tdi”

    “Oqshom” guruhining solisti Zokir Sobirov qo‘shiq ixlosmandlariga “Ey sinfdosh”, “Rashk” va “Nilufar” kabi taronalari bilan yaxshi tanish. Afsuski, u ham ijodi gullagan vaqtda ozodlikdan mahrum etilib, 9 yil umri panjara ortida o‘tgan. U avvaliga xonandalik bilan noqonuniy shug‘ullanish va bosqinchilik ayblovlari bilan sudlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — To‘qqiz yil juda uzoq muddat. Bu bir bola tug‘ilib, to‘qqiz yoshga to‘ldi degandek gap. Qamalishimning sababi avvaliga xonandalik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun beriladigan litsenziya bilan bog‘liq bo‘lgan. E’tiborsizligim sabab litsenziya muddati 3-4 oyga o‘tib ketgan. Men esa konsert berayotgan bo‘lganman. Keyin konsert uchun sotilgan chiptalar ham ro‘yxatdan o‘tkazilmagan deyishgan. Ammo hammasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Keyin bosqinchilik bilan bog‘liq ayblov ham qo‘yildi. U emas, bu emas peshanada bori shu ekan.

    Ijodni 1995-yilda boshlagan bo‘lsak, ketma-ket aytgan qo‘shiqlarimiz omadimiz kelib xit bo‘lib ketdi. O‘zimiz bilmagan holda tanildik. Odam tanilgani sari dushmani ham ko‘payar ekan. Biz bilmaymiz, do‘st kim, dushman kim. Xullas, e’tibor bermagan ekanmiz, dushmanimiz ham ko‘payib, oxiri shu qo‘shiqlarni orqasidan ham ko‘tarildim, maza qilib o‘ynab-kulib yurdim-u, o‘zim yaxshi ko‘rgan kasbimni qildim-u, lekin shuni orqasidan to‘qqiz yil qamoqda shu xursandchiliklarimning azobni tortdim. Bu narsani do‘st-u, dushmanga ravo ko‘rmayman.

    Ko‘chada yurganimda oq-qorani ajrata olaman deb o‘ylar edim. Lekin bu narsa noto‘g‘ri ekan. Qachonki odam o‘zidan o‘tganini o‘zi bilsa, qamoqda bo‘lsa, yaqinlaridan uzoqda bo‘lsa, kim qanaqa, kim yaxshi kim yomonligini anglab yetarkan. To‘qqiz yil bu juda katta vaqt. To‘qqiz yilda bir bola voyaga yetadi. Shu yillar ichida shu joylarning azobini ko‘rib chiqdim. U yerda juda katta xulosa chiqardim. O‘zim uchun bir tomondan yaxshi bo‘ldi. Dunyoqarashim o‘zgardi. Oldin boshqa odam edim, hozir umuman boshqa odamman. Allohga behisob shukr, yetkazganiga shukr, sog‘-salomatman. U yerlarda ham muxlislarimiz bor ekan, bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi.

    Ko‘chada qilib yurgan ishimni qamoqda ham qildim, o‘sha yerda qo‘shiq kuylab yurdim. Haqiqatni aytish kerak, qo‘shiqni orqasidan, Xudo yuqtirgan ekan, shu yerda ham sindiraman degan dushmanlarim sindira olmadi. Nimaga? Xudo yuqtirsa, hech kimni qo‘li yetmas ekan. Xudoga shukr u yerda ham hurmatim bo‘ldi. Xodimlar ham juda yoqtirar edi. Sahna bo‘lardi, sahnada qo‘shiq aytardik, qo‘shiq yaratar edik. U yer ham kichkina shaharcha, u yerni ham qonun-qoidasi boshqa. Ko‘chada boshqa, u yerda boshqa. O‘sha yerda ham Xudoga shukr hurmat topib, sog‘-salomat chiqdik. Shu sabab ham to‘qqiz yil yo‘q bo‘lib ketdik, — deydi Zokir Sobirov.

    Alisher Rahmatulalev: “Noqonuniy savdo sabab qamaldim”

    Foto: Instagram / @alisher.rahmatullaev_official

    Foto: Instagram / @alisher.rahmatullaev_official

    “Chora-chora”, “Lady” va “Begona” kabi qo‘shiqlarni ijro etgan xonanda Alisher Rahmatullayev ham bir necha yil umrini panjara ortida o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. U noqonuniy savdo-sotiq bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortilgan. Xonanda bu haqida “Shok.uz” kanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

    — Qo‘shiqchilikdan tashqari, qurilish mollarining savdosi bilan ham shug‘ullanardim. Katta miqdorda qurilish mollarini olib kelishi va sotish bilan shug‘ullanardik. Sudlanishimga Sardor Rahimxonning aloqasi yo‘q, faqat u hamkorlarimdan biri bo‘lgan holos. Ammo o‘sha paytda ko‘pchilik Sardor Rahimxondan qarzim bo‘lgani va pulni bermaganim uchun qamalganim haqida gapirishdi. Aslida vaziyat butunlay boshqacha bo‘lgan.

    Sardor Rahimhon bizning biznesga 60 ming AQSH dollariga pul tikkan. Kelishilgan vaqtda foydani unga yetkazib berardim. U paytda u mendan xursand edi. Keyin olgan pulimni ham to‘liq qaytarib berganman. Lekin u tergovda paydo bo‘lib, menga foydadan 30 ming AQSH dollari qarz ekanini aytdi. Qanaqasiga undan qarz bo‘lishim mumkin, qamalganimdan keyin ishlar to‘xtagan hech qanday foyda ko‘rmaganman, deb e’tiroz bildirgandim. U yerda o‘tirib, ko‘p narsani anglab yetdim. Noqonuniy savdo sabab qamaldim, — deydi Alisher Rahmatullayev.

    Jasur Umirov 15 sutkadan 5 yilgacha hukm o‘qilgan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda Jasur Umirovga 2019-yili Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik) bilan ochilgan sud ishi bo‘yicha 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

    Sudda xonanda aybiga to‘liq iqror bo‘lib — rostdan ham yonida olib yuradigan pichog‘i bilan tanishini qo‘rqitib, haqoratlaganini tan olgan. Sabab sifatida o‘zi yoqtirgan Sh. ismli qizni unga turmushga berishmayotganini ko‘rsatgan. Lekin qilgan ishidan afsusdaligini bildirib, suddan yengillik so‘ragandi.

    Oradan ko‘p o‘tmay, voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblangan xonanda Jasur Umirov 5 yilga qamalgandi. Ammo u 2021-yil 09-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining kassatsiya instansiyasining ajrimiga asosan Umirov Jasur Uvaydullayevich Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda, shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakilining unga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olgan holda, J.Umirovga nisbatan chiqarilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirilgan.

    — Hech bir qaysi san’atkor qiz bolani zo‘rlaydigan darajaga yetmaydi. Chunki san’atkor daraxtni tepsa qiz yog‘iladi. Men birovning bolasini zo‘rlab, xo‘rlaydigan ish qilmayman. Oldin ham shunaqa ‘shantaj’lar ham bo‘lgan. Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsam, meni uydagilarim oq qilib yuborishgan bo‘lishardi. Shunaqa dushmanlar bor ekan. U dushmanimni topishga harakat ham qilmadim, qiziqmadim ham. Men oldimga qo‘ygan maqsadlarimga yetaman, faqat o‘shalarni ko‘zlayapman. Hammasidan ko‘nglim sovib ketdi. ‘Eshakning ishi halol, o‘zim xarom’ degandek, hech bir ishim ko‘zga ko‘ringani yo‘q. Men hamma odamlarni yaxshi deb o‘ylar ekanman, lekin unday emas ekan, — deydi xonanda Jasur Umirov.

    Mavzuga doir:

    • Qamoq, giyohvand modda va baxtsiz hodisalar: Mashhurlar farzandlarining fojiali qismati
    • Yulduzlik kasaliga chalingan mashhurlar (foto)
    • So‘nggi bir necha soat: Maykl Jekson, malika Diana va boshqa mashhurlar o‘limidan oldin nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgan?
    • O‘z o‘limini sahnalashtirganlikda gumon qilingan mashhurlar

    19.08.2022, 16:25   Izoh (0)   73247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kalmar o‘yini” seriali rejissori ikkinchi mavsum tafsilotlarini ma’lum qildi

    19.08.2022, 14:35

    Anjelina Joli bundan bir necha yil avval Bred Pittni zo‘ravonlikda ayblagani ma’lum bo‘ldi

    19.08.2022, 12:39

    Leonid Gayday rejissorligidagi mashhur komediya —“Kavkaz asirasi” yulduzlarining taqdiri qanday kechdi?

    19.08.2022, 10:38

    Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonida to‘y, Feruza Normatovaning jahli chiqdi, Malika Ravshanova Shahzoda Muhammedovani yig‘latdi

    18.08.2022, 22:21

    2022—2023-yil kuz-qish mavsumida namoyish etilishi kutilayotgan yangi turk seriallari (foto)

    18.08.2022, 21:36

    “Fantomas” yangi film va serial orqali ekranlarga qaytadi

    18.08.2022, 19:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36

    Ravshan Ermatov: “Futbolchilar 6-iyun kuni tushgacha vatanga qaytishi kutilmoqda”

    Sport | 6 iyun, 09:26

    Temur Kapadze: “Xudoga va o‘zimizga ishonib, oldinga dadil qadam tashladik”

    Sport | 6 iyun, 08:51

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.