• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    2022—2023-yil kuz-qish mavsumida namoyish etilishi kutilayotgan yangi turk seriallari (foto)

    2022—2023-yilgi asosiy mavsum uchun barcha loyihalar allaqachon e’lon qilingan, ularning aksariyati suratga olish ishlarini boshlagan. Yozgi ta’tilga chiqqan seriallar keyingi mavsumda ekranlarga qaytishi hisobga olinsa, yangi loyihalar soni shunchaki hayratlanarli, deb yozadi “Yandeks Dzen”.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ko‘pgina kanallar bir nechta seriallarni taqdim etgandan keyin ularning hammasi ham marraga yetib boravermaydi. Bunday keskin raqobatda tomoshabinning muhabbati va reyting katta rol o‘ynaydi.

    Yangi mavsumda FOX telekanali 3 ta loyihani taqdim etadi.

    “Badavlat qiz”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Taxminiy premyera 2022-yil sentyabr, suratga olish 19-avgustdan boshlanadi. Serial Medyapim kinokompaniyasi tomonidan suratga olinadi, u hayotini o‘zgartirishni va ijtimoiy jihatdan ko‘tarilishni orzu qilgan yosh qiz haqida hikoya qiladi. Bosh rollarda: Alina Boz, Emir Tekin, shuningdek, loyihada Tyulin Eje, Kadir Jermik, Baran Bolyukboshi, Hazal Filiz Kuchukkose, Nazan Kesal, Mutava Mert Koch ishtirok etmoqda. Suratga olish boshlanishidan oldin serial nomini o‘zgartirdi, endi u “Badavlat qiz” deb nomlanadi. Va bu oxirgi tanlov emas, u chiqariladigan vaqtga kelib, loyiha nomi yana o‘zgartirilishi mumkin.

    “Mening ismim Farah”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Premyeraning taxminiy sanasi — 2022-yil oktabr, aktyorlar tarkibi saralanmoqda. Bu Argentinaning mashhur “Farrosh” teleserialining remeyki bo‘lib, u o‘g‘lining hayotini saqlab qolish uchun jinoyat olamiga kirib, mafiya ichida farroshlik qiladigan shifokor ayol haqida hikoya qiladi. Bosh rol ijrochisi Asli Enver.

    “Mukammal ijarachi”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Premyeraning taxminiy sanasi 2022-yil sentabr. Sujet uy-joyni ijaraga olishga majbur bo‘lgan odamlar haqida hikoya qiladi va iqtisodiy inqiroz tufayli ijara haqi keskin oshadi. Bu esa ko‘p qavatli uy aholisi uchun juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Bosh qahramonlar — yosh jurnalist Mona va Tasviriy san’at universitetining fotografiya fakultetini tamomlagan fotograf Yakup. Ularni Chichek Dilan Deniz va Serkay Tutunju ijro etadi.

    “Yorug‘lik nuri”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dastlabki chiqish sanasi — 2022-yil sentabr. Suratga olish ishlari allaqachon boshlangan. Ular Italiya va Turkiyada o‘tkaziladi. Ba’zida hayotdagi eng og‘ir fojiali voqealarning burilish nuqtasi va yorug‘lik nuriga aylanishi mumkinligini namoyish etadigan psixologik drama. Bosh rollarni Berk O‘ktay va Seray Kaya ijro etadi.

    “Olov qushlari”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Premyera sanasi hali aniqlanmagan.“Olov qushlari” yangi loyihasi tomoshabinlarga uysiz bolalar hayotidan ta’sirli hikoya qiladi. Bolalarga keraksiz tashvishlarsiz, turar joy va ovqatni qayerdan topish haqida o‘ylamasdan yangi hayot topishga yordam berishni istaganlar haqida. Bosh rollarda Go‘rkem Sevindik va Bashak Gumuljineliog‘luni ko‘rish mumkin.

    “Men bu dunyoga sig‘mayman”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Taxminiy chiqarilish sanasi — 2022-yil sentabr, oktabr oylari. Serialni suratga olish ishlari allaqachon olib borilmoqda. Serial o‘z o‘limini uyushtirishga va mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan qahramonning ikki tomonlama hayoti haqida hikoya qiladi. Oilasi uni o‘lgan deb hisoblaydi va yillar davomida motam tutadi. Og‘ir yaralanganidan so‘ng u Firuze ismli shifokor ayol bilan uchrashadi va uni sevib qoladi. Ammo voqealar shunday rivojlanadiki, u Turkiyaga qaytishi kerak bo‘ladi. Bosh rollarda Oktay Kaynarja va Pelin Akilni ko‘rish mumkin.

    “Sudya xonim / Mening baxtli oilam”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Chiqarilish sanasi 2022-yilning kuziga rejalashtirilgan. Serial huquq-tartibot idoralarida ishlayotgan ayol haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon — kuchli irodali, halol va adolatli ayol. U adolatga bo‘lgan ishonchini sinaydigan va hayotini o‘zgartiradigan qiyinchilikka duch kelishi kerak. Bosh rolni Vahide Perchin ijro etgan.

    “Agar shoh yutqazsa”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Avvaliga ushbu loyiha 2022-yil sentabr oyida boshlanishi haqida ma’lumot bor edi, keyin premyera qoldirilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Aktyorlar tarkibi hali ham saralanmoqda. Kivanch Tatlitug‘ bosh qahramon obrazida gavdalanadi. Serial sujeti boy hayotiy tajribaga ega inson – hayotda hamma narsa oson tuyilgan, unda takabburlik, o‘ziga ishonch kabi xislatlarni shakllantirgan Kenan haqida hikoya qilinadi. U ayollarning qalbini shafqatsizlarcha sindirib ketadi. Ammo to‘satdan uning o‘zi sevgilisini uchratib qoladi va o‘zining qalbini singan holda topadi. Ruhiy dardga o‘zi bardosh bera olmasligini anglagan Kenan psixoterapevtga murojaat qiladi, shundan so‘ng uning barcha qo‘rquvlari, ong ostidagi chuqur muammolari fosh bo‘ladi.

    “Kechaning oxiri”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dastlabki chiqish sanasi — 2022-yil sentabr. Suratga olish ishlari 8-avgust kuni boshlangan. Ushbu turkum Peride Jalolning xuddi shu nomdagi kitobiga moslashtirilgan. Sujet hayotning qiyinchiliklariga qaramay, o‘zi va qizi uchun baxtli hayot kechirishni orzu qilgan Majide ismli ayol haqida hikoya qiladi. Ammo muvaffaqiyatli biznesmen Kazim bilan kutilmagan uchrashuv unga yangi hissiy tajribalarni olib keladi: u bilan yashirin munosabatlar, Majide o‘zini ayblagan xotinining o‘limi, Kazimning oilasi bilan chalkash munosabatlar. Bosh rollarni Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu ijro etadi.

    “Lavandali koshona”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Aktyorlar tarkibi endigina saralanmoqda, serial premyerasi 2022-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan. Ushbu dramatik serialning sujeti hozircha noma’lum. Birkan Sokullu bosh rol uchun kelishuvlar olib bormoqda.

    “Chiqindi yig‘uvchi”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

     Loyiha hali ham ishlab chiqilmoqda. Aktyorlar tarkibi tanlangan. Dastlabki chiqish sanasi — 2022-yil noyabr. Bu erkakning ayolga bo‘lgan cheksiz sevgisi haqida hikoya qiluvchi dramatik serial bo‘ladi. Bosh rollar uchun Uraz Kaygilarog‘lu va Elichin Sangu bilan kelishuv olib borilmoqda.

    Show TV telekanali 3 ta loyihani taqdim etadi.

    “Klyukvali sharbat”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dastlabki chiqish sanasi — 2022-yil oktyabr. Loyihani suratga olish ishlari 10-sentabrda boshlanadi. Ikki qarama-qarshi oila farzandlari bir-birini sevib qolgani uchun bir to‘xtamga kelishlari kerak. Avvalroq aktyorlar tarkibida Evrim Alasya, Barish Qilich va Sila Turkog‘lu bor edi. Ammo Silaning partnyori kim ekanligi noma’lum.

    “Yangi Istanbul”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dastlabki chiqish sanasi — 2022-yil oktyabr. Bu bemorlarga pul sarflash orqali klinikada ishlash tamoyillarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan bosh shifokor va uning hamkasblarining og‘ir hayoti haqida hikoya qiluvchi hayajonli drama. Bosh qahramon rolini Ulash Tuna Astepe ijro etadi. Shuningdek, loyihaga O‘ngel Tansel, Erol Sherif, Xazar Erg‘uchlu kabi aktyorlarni taklif etish rejalashtirilgan.

    “Qopqon”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dastlabki chiqish sanasi — 2022-yil oktyabr. Tasvirga olish ishlari avgust oyida boshlangan. Sujet qasos olish bilan boshlanadi. Turkiyadagi eng yaxshi advokatlardan biri Umut rafiqasining o‘limida yirik kompaniya rahbari, mashhur tadbirkor Aslanni ayblaydi. Qasos olish uchun uning kompaniyasiga ishga kiradi, uni ichkaridan yo‘q qilishni va xotinining o‘limida aybdorni hayotdan mahrum qilishni orzu qiladi. Ammo Umut dushmanining qizi bilan uchrashib, uni sevib qolgan bir paytda hammasi o‘zgaradi.

    “Osmon bolalari”

    Bu Atike Hinchlerning mashhur “Singan yuraklar” kitobining filmga moslashuvi. Roman ichkilikka berilgan zo‘ravon erkak va hayotni asrab qolishga urinib, farzandlari uchun hamma narsaga chidagan ayolning hayoti haqida hikoya qiladi. Loyihaning sujeti qanday bo‘lishi hozircha noma’lum.

    “Selma”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dastlabki chiqish sanasi — 2022-yil oktabr. Kartina nomini o‘zgartirgan va endi “Go‘zal kunlar" deb nomlanadi. Bosh rollarda Olgun Toker va Zeynep Chamji. Sujet o‘z tamoyillari bo‘yicha yashaydigan va boshqalarning barcha to‘siqlari va intrigalariga qaramay, o‘z baxti uchun kurashishga intiladigan kuchli ayol haqida hikoya qiladi. Sirli odam bilan uchrashish uning hayotga qarashini ostin-ustun qiladi.

    Mavzuga doir:

    • Engin Akyurek va Eda Eje juftligi, Italiyada restoran ochayotgan Jan Yaman: turk ijodkorlarining yangi loyiha hamda rejalari (foto)
    • 2022—2023-yillar kuz-qish mavsumida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishi kutilayotgan turk filmlari (foto)
    • O‘zbekistonda Oktay Kaynarja ishtirokida ishlanayotgan serial, yangi mavsumda tomoshabinlar xayrlashadigan qahramonlar. Turk kinosi yangiliklari

    18.08.2022, 21:36   Izoh (0)   20954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Fantomas” yangi film va serial orqali ekranlarga qaytadi

    18.08.2022, 19:46

    400 dan 2500 AQSH dollarigacha: O‘zbekistonning eng mashhur xonandalari poytaxt to‘ylaridagi “birrov”i qancha? (foto)

    18.08.2022, 17:45

    Foto: Made in Uzbekistan yozuvi tushirilgan ko‘ylakdagi Gollivud aktrisasi Gvinet Peltrou

    18.08.2022, 14:36

    Mirolim Qilichev bolaligida yeyishga noni bo‘lmagan paytlar, onasining o‘limi hamda qanday hollarda to‘yga chiqishidan afsuslanishi haqida (video)

    18.08.2022, 12:06

    “Kung-fu Panda 4” multfilmining namoyish etilish sanasi ma’lum bo‘ldi

    18.08.2022, 11:09

    Instagram: 40 ming dollarga mashina xarid qilgan Zinnura, Diyorbek Mahkamov ukasining dabdabali to‘yi, onasiga uy sovg‘a qilgan vayner

    17.08.2022, 22:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.