• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Leonid Gayday rejissorligidagi mashhur komediya —“Kavkaz asirasi” yulduzlarining taqdiri qanday kechdi?

    1967-yilda eng mashhur sovet talabasi — oqko‘ngil Shurikning sarguzashtlari haqidagi komediya ekranlarga chiqdi. Sirkda arqonda yuruvchi Natasha Varley sportchi va go‘zal qiz Nina roliga ma’qullandi (boshqa aktrisalarning deyarli 500 ta fotosurat sinovlaridan so‘ng). Ammo Yuriy Nikulin va Yevgeniy Morgunov ancha vaqtgacha suratga tushishga rozi bo‘lmaydi va Gaydaydan film sujetini yakunlashni talab qilishadi — ular ssenariy hali xom, qayta ishlanishi kerak deb o‘ylashgan. Kutilmaganda komediya muvaffaqiyat qozondi, o‘z qahramonlarini esa abadiyatga muhrladi.

    Natalya Varley, 75 yoshda

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Leonid Gayday bilan ishlash Estrada va sirk maktabining 19 yoshli bitiruvchisi Natalya Varley uchun haqiqiy omad edi. Biroq “sportchi, komsomolchi va sohibjamol” o‘z karyerasini keskin o‘zgartirishga qaror qiladi va keyingi roli sifatida birinchi sovet dahshatli filmi “Viy”dagi jodugar ayol obrazini tanlaydi. Shundan so‘ng aktrisa komediya (“12 stul”) va drama (“Oltin”)larda rol o‘ynasa-da, ammo Gayday filmidagi kabi mashhur bo‘lmadi.

    Varleyning ikki o‘g‘li bor. Aktrisaning katta o‘g‘li Vasiliy ikkinchi eri — aktyor Vladimir Tixonov bilan turmushidan. 1985-yilda aktrisaning ikkinchi o‘g‘li Aleksandr tug‘iladi, u hozirda rejissor bo‘lib ishlaydi va o‘z kinostudiyasini boshqaradi. Uning otasi, mish-mishlarga ko‘ra, o‘zbek aktyori O‘lmas Alixo‘jayev bo‘lib, Varley u bilan 1984-yilda “Olovli yo‘llar” filmida birga rol o‘ynagan. Ammo aktrisa bu mavzuda gapirmaydi, o‘g‘liga ham o‘z familiyasini bergan.

    Olti yil oldin Nastya Zadorojnaya “Kavkaz asirasi” filmi remeykida Varley qahramonini o‘ynagan. Gayday komediyasining yangi versiyasi kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi: 3,5 million dollarlik budjet bilan kartina 180 000 dollar yig‘a oldi, xolos. “Kinopoisk” veb-saytidagi remeykning reytingi 10 dan 1 ball.

     

    Mavzuga doir: Sovet kinosining eng go‘zal besh aktrisasi hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    Aleksandr Demyanenko, 1937 — 1999

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    GITIS bitiruvchisi dastlab dramatik aktyor sifatida ish boshlagan, ammo 60-yillarning o‘rtalarida Demyanenko Leonid Gayday komediyalari seriyasida g‘alati talaba Vladik Arkov roliga tasdiqlangan ( bu rol uchun Vitaliy Solomin va Yevgeniy Petrosyan ham kasting topshirgan). Natijada qahramon nomini bosh aktyor sharafiga o‘zgartirishga va aktyorning sochini bo‘yashga qaror qilinadi. Leonid Gayday Shurikni sariq sochli yigit sifatida ko‘radi, Demyanenkoning sochlari esa to‘q jigarrang edi. Doimiy soch bo‘yashdan aktyorning bosh terisi yallig‘lanadi, shuning uchun franshizaning navbatdagi filmi — “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”da — Demyanenko tabiiy sochida ko‘rinish beradi.

    Aktyor maktabdoshi Marina Sklyarovaga uylanib, keyinchalik “Lenfilm” xodimasi Lyudmila Nevolina bilan oila quradi. Demyanenko Lyudmilaning birinchi turmushidan bo‘lgan qizini o‘z bolasidek ko‘radi, ammo er-xotinning o‘zi farzand ko‘rolmaydi.

    Aktyor 62 yoshida yurak ishemik kasalligidan vafot etadi. 2005-yilda uning bevasi Lyudmila Demyanenko ham dunyodan ko‘z yumadi.

     

    Mavzuga doir: Sevimli Shurik — afsonaviy aktyor Aleksandr Demyanenko haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar (foto)

    Frunzik Mkrtchyan, 1930 — 1993

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Aktyor arman genotsididan qochgan tabelchi va idish yuvuvchi oilasida tug‘ilgan. Frunzik 15 yoshida havaskorlar to‘garagida rol o‘ynay boshlaydi, teatr va san’at institutining ikkinchi yilida yosh aktyor kinoga taklif etila boshladi.

    Mkrtchyan “Kavkaz asirasi” filmida o‘zining ikkinchi rafiqasi Donara Pilosyan bilan birga rol o‘ynagan, u o‘rtoq Saaxov haydovchisining rafiqasi rolini ijro etgan. Donara aktrisaning o‘zi kabi taqdiri fojiali bo‘lgan aktyordan Nina ismli qiz va Vazgen ismli o‘g‘il ko‘radi. Donara Mkrtchyan ikkinchi farzandi tug‘ilgandan keyin shizofreniya bilan kasallanadi. Frunzik xotinini davolanish uchun Fransiyaga yuboradi, ammo rafiqasining ahvolida hech qanday yaxshilanish bo‘lmaydi. Donara hayotining so‘nggi 25 yilini Armanistonning Sevan shahridagi psixiatriya klinikasida o‘tkazadi va uning tashxisi o‘g‘liga o‘tadi. 31 yoshli Vazgen Mkrtchyan ham 2003-yilda aynan shu kasallikdan vafot etadi. Aktyorning qizi Nina Mkrtchyan esa 39 yoshida avtohalokat tufayli dunyodan ko‘z yumadi.

    Frunzik Mkrtchyan 63 yoshida yurak xurujidan vafot etadi.

     

    Mavzuga doir: “Kavkaz asirasi”da Jabroil, “Mimino”da Xachikyan — armanistonlik aktyor Frunzik Mkrtchyanning taqdiri qanday kechgan? (foto)

    Vladimir Etush, 1922-yil 6-mart — 2019-yil 9-mart

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Etush — Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi. Aktyor 19 yoshida frontga ketib, Kabarda va Osetiya tog‘larida jang qilgan, Ukrainaning Rostov-Don shahrini ozod qilishda qatnashgan. Urushdan keyin Etush Shchukin maktabini tugatadi va 8 yildan so‘ng filmlarda rol o‘ynay boshlaydi.

    “Kavkaz asirasi” aktyorning beshinchi roli edi. O‘sha paytda aktyor uchinchi marta uylangandi, 10 yoshli Raisa ismli qiz bor edi. 90-yillarning o‘rtalarida Raisa Etush amerikalik neft biznesmeniga turmushga chiqadi va AQShga ketadi.

    Vladimir Etush 96 yoshida yurak xurujidan vafot etadi.

     

    Mavzuga doir: Vitsin, Andrey Mironov, Natalya Varley — bir-birini takrorlamaydigan obrazlarni mahorat bilan ijro etgan Sovet davri aktyorlari (foto)

    Georgiy Vitsin, 1917-yil 18-aprel — 2001-yil 22-oktabr

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Mashhur uchlikdan “qo‘rqoq” so‘nggi kunlargacha Kino aktyorlari teatrida rol o‘ynadi, ammo olgan puli yashash uchun zo‘rg‘a yetardi. Vitsin boshqalarning yordamidan bosh tortadi, nafaqa va kam miqdordagi gonoraridan ko‘chadagi it va kaptarlarni boqish uchun pul ajratardi. Aktyor kamdan kam hollarda uyidan chiqardi, matbuotda ko‘rinish bermasdi.

    Aktyorning dafn marosimiga uning bevasi Tamara Michurina va qizi Natalya, bir nechta qarindoshlari va qo‘shnilari kelishadi. Yodgorlik va qabr panjarasi uchun bir necha yillardan beri mablag‘ yig‘ishga harakat qilinsa-da, kerakli pul yig‘ilmaydi.

     

    Mavzuga doir: Ichmaydigan Vitsin, suvga oqib ketgan Shurik. “Kavkaz asirasi” filmi haqida tomoshabinga ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar

    Yevgeniy Morgunov, 1927-yil 27-aprel — 1999-yil 25-iyun

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    “Kavkaz asirasi” filmining premyerasi Leonid Gayday va Yevgeniy Morgunov o‘rtasidagi janjalning shov-shuvida qolib ketadi. Morgunov filmning yopiq texnik namoyishida katta janjal chiqaradi. U namoyishga mast holda, ichib olgan qizlar bilan keladi va oxirgi qatorga o‘tirvolib Gaydayni haqorat qiladi. Aktyorni olib ketishadi va rejissor lentani qayta ishlab, Morgunov ishtirok etgan barcha sahnalarni imkon qadar kesib tashlaydi. Shundan keyin Gayday Morgunov bilan umuman ishlamaydi — umrining oxirigacha u bilan gaplashmaydi.

    Biroq Morgunovning o‘zi uchun 1966-yil omadli keladi. Yosh xotini aktyorning birinchi farzandi — Antonni dunyoga keltiradi va 1972-yilda oilada ikkinchi o‘g‘il Nikolay tug‘iladi. Afsuski, Morgunovning kenja o‘g‘li rulda uxlab qolib, 26 yoshida vafot etadi.

     

    Mavzuga doir: Kulgi ortidagi dard: “I operatsiyasi” filmi yulduzi Yevgeniy Morgunovning hayoti qanday kechgan? (foto)

    Yuriy Nikulin, 1921-yil 18-dekabr — 1997-yil 21-avgust

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Nikulin 18 yoshida frontga ketgan va Sovet-Finlyandiya kampaniyasida qatnashgan, Leningrad yaqinida jang qilgan, “Jasorati uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun” va “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan taqdirlangan.

    Demobilizatsiyadan so‘ng Yuriy Rangli bulvardagi Moskva sirkidagi masxarabozlar studiyasiga ishga kiradi — Nikulin “aktyorlik mahorati yo‘qligi uchun” VGIKga qabul qilinmaydi.

    28 yoshida Yuriy Nikulin o‘zining bo‘lajak rafiqasi, sirk artisti va aktrisasi Tatyana Pokrovskaya bilan tanishadi, u umrining oxirigacha rafiqasi bilan birga yashab, o‘g‘li Maksimni (hozirda Rangli bulvardagi sirk direktori) birgalikda katta qiladi.

     

    Mavzuga doir: 200 rublga tushgan shohona tushlik, KGB nazoratida bo‘lgan “Brilliant qo‘l”, Brejnevga yoqqan “Kavkaz asirasi”: tomoshabinlar qalbidan joy olgan Leonid Gaydayning mashhur filmlari

     

    19.08.2022, 10:38   Izoh (0)   36389
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kavkaz asirasi”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmlarida rol o‘ynagan Vladimir Etush 95 yoshini nishonladi

    07.05.2018, 08:39

    “Kavkaz asirasi” filmi o‘zbekcha talqinda suratga olinmoqda (foto)

    20.06.2018, 09:37

    Kulgi ortidagi dard: “I operatsiyasi” filmi yulduzi Yevgeniy Morgunovning hayoti qanday kechgan? (foto)

    08.01.2021, 20:27

    Sevimli Shurik — afsonaviy aktyor Aleksandr Demyanenko haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar (foto)

    21.06.2021, 16:24

    “Kavkaz asirasi”da Jabroil, “Mimino”da Xachikyan — armanistonlik aktyor Frunzik Mkrtchyanning taqdiri qanday kechgan? (foto)

    28.03.2022, 18:59

    “Kavkaz asirasi”, “Brilliant qo‘l”, “Gugurtga ketib”:  Leonid Gaydayning qayta-qayta tomosha qilsak-da, zeriktirmaydigan klassik filmlari

    01.02.2023, 21:43

    “Kavkaz asirasi” filmidagi Nikulin tovonini qashlagan epizod qanday suratga olingan? (video)

    28.01.2024, 15:39

    Yuriy Nikulin sun’iy intellekt yordamida “jonlanadi” va yangi filmda rol ijro etadi

    28.03.2024, 15:10

    “Kavkaz asirasi”da hech kim payqamagan xatolik: Shurikning sochi qanaqa rangda? 

    05.09.2024, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.