O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—iyul oylarida 1 314 ta elektromobil import qilingani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan davlatlar orasida Xitoy doimgidek yetakchilik qilmoqda.
Yanvar—iyul oylarida ushbu davlatdan 1 155 ta elektromobil keltirilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 388 taga teng bo‘lgan.
Mamlakatlar kesimida eng katta o‘sish BAAda kuzatilgan. 2021-yilning dastlabki 7 oyida undan 1 dona elektromobil olib kelingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 81 taga yetdi.
Bu yil boshidan beri O‘zbekiston Germaniyadan 29 ta elektromobil import qilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 4 taga teng bo‘lgan.
Gonkong bilan ham shunga o‘xshash vaziyat qayd etilgan — 2021-yilda mamlakatdan 1 ta elektromobil olib kelingan bo‘lsa, joriy yilda esa ularning soni 29 taga yetdi.
Avvalroq Apple elektromobil ishlab chiqarish uchun Lamborghini dizaynerini yollagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)