Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov (10-1, 6 KO) 13-avgust kuni Toshkentda o‘tgan musobaqaning asosiy jangida ishtirok etdi.
Fazliddinga Venesuela vakili Parra Jeyder (33-4-1, 21 KO) raqiblik qildi. Birinchi raund boshida G‘oibnazarovning zarbasidan keyin Jeyder nokaut holatiga tushdi.
Shu tariqa G‘oibnazarov ikki yillik tanaffusdan keyin ringga qaytgan Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi prof boksdagi 10-g‘alabasini tantana qildi.
Mazkur musobaqada Shahobiddin Zoirov 1-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Shuningdek, Mirazizbek Mirzaxalilov va Lazizbek Mullajonov ham ringga chiqib, nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Izoh (0)