O‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov “Spartak” bilan shartnoma bekor qilish masalasida o‘z shartlarini qo‘ydi.
Metaratings xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Moskva klubi uning maoshini to‘liq qoplab bergan taqdirdagina shartnoma bekor qilishga rozi. Gap taxminan 2 million yevro atrofidagi pul haqida ketmoqda.
O‘runovning “Spartak” bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq O‘runovga “Ximki”, “Navbahor” va Eronning “Istiqlol” klublaridan taklif borligi xabar qilingandi.
Izoh (0)